SHAXSIY IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari yoritilgan. Psixologik, pedagogik va sotsiomadaniy nuqtai nazarlarga tayangan holda, tadqiqot individual ijodiy o‘sishga hissa qo‘shuvchi asosiy omillarni aniqlaydi. Aralash uslubdagi yondashuv asosida talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar, shuningdek, eksperimental topshiriqlar orqali ijodkorlikni rivojlantirish strategiyalarining samaradorligi baholandi. Tadqiqot natijalari motivatsion muhit, fanlararo ta’lim va shaxsga yo‘naltirilgan fikr-mulohazalarning ijodiy ifodani rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatdi. Ushbu xulosalar rivojlanayotgan mamlakatlarda ta’lim islohotlari va innovatsiyalarga asoslangan tashabbuslarni shakllantirishga xizmat qilishi mumkin.

599
02.06.2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIKKA ERISHISH JARAYONI (1991-YIL)

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 1991-yilda mustaqillikka erishish jarayoni, uning tarixiy, siyosiy va ijtimoiy asoslari atroflicha tahlil qilingan. Maqolada Sovet Ittifoqining parchalanishi, milliy ongning uyg‘onishi, xalqning ozodlikka bo‘lgan intilishi hamda 31-avgust kuni mustaqillik e’lon qilinishi bilan bog‘liq muhim voqealar yoritilgan. Shuningdek, mustaqillikdan keyingi dastlabki yillarda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, Konstitutsiyaning qabul qilinishi, xalqaro maydondagi o‘rinni mustahkamlash yo‘lidagi harakatlar haqida ma’lumot beriladi. Maqola O‘zbekistonning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtai nazardan baholaydi hamda mustaqillikning bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradi. Ushbu ilmiy ish tarixiy ongni mustahkamlashga va yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishga xizmat qiladi.

918
23.05.2025

MARKAZIY OSIYO VA KO‘RFAZ ARAB DAVLATLARI MADANIY ALOQALARI (O‘MON SULTONLIGI MISOLIDA)

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi aloqalar tahlil qilinadi. Ayniqsa, Ummon Sultonligining neytral tashqi siyosat strategiyasi asosida mintaqaviy hamkorlikda tutgan o‘rni alohida o‘rganiladi.

492
23.05.2025

O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada o'zbek tili grammatikasini o’rgatishda qo'llaniladigan interfaol metodlar, ularning samaradorligi va istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbek tilini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning dolzarbligi, ularning o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi, muloqot madaniyatini shakllantirishdagi hamda til ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi o‘rni yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol yondashuvlar o‘qituvchining asosiy vositasiga aylanmoqda.

644
14.05.2025

WORK FOR HIRE DOKTRINASINING MUALLIFLIK HUQUQIDA TUTGAN O‘RNI – QIYOSIY TAHLIL (AQSH va O‘zbekiston talqinida)

“Work for Hire” doktrinasi, asosan, intellektual mulk huquqlari (ayniqsa, mualliflik huquqi) sohasida muhim tushuncha bo‘lib, biror ishni bajarish uchun to‘lov yoki shartnoma asosida bajarilgan asarlarni kimning egallashi va huquqlarni kimga tegishli ekanligini aniqlaydi. Ushbu doktrina, asosan, AQSh qonunchiligida rivojlangan bo‘lsa-da, uning ta’siri global miqyosda ham seziladi. Ingliz huquqida mualliflik huquqi asosan shaxsiy huquq sifatida qaralgan. Mualliflik huquqi asar yaratuvchisiga tegishli bo‘lib, u o‘z asari ustidan to‘liq huquqlarga ega edi. Biroq, ish beruvchining (masalan, ishchi yoki xizmatchi tomonidan bajarilgan ishlar) mualliflik huquqiga egaligi haqidagi tushuncha ingliz huquqida o‘ziga joy topa boshladi, ayniqsa, ishlab chiqarish va muayyan shartnomalar asosida amalga oshirilgan ishlar uchun. Quyida work for hire doktrinasining tarixiy rivojlanishiga oid asosiy bosqichlar tahlil qilinadi.

549
29.04.2025

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA TALABALARDA MILLIY QADRIYATLAR TARIXINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH HOLATI

Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatishning ahamiyati, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha metodik takliflar yoritilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida metodikani takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

533
29.04.2025

BUGUNGI KUNDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSTAQIL (KREATIV) FIKRLASHGA OʻRGATISH METODIKASI

Ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish metodikasi hamda Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni mustaqil mulohaza yuritishga yoʻnaltirishda ularga xos boʻlgan psixologik va pedagogik xususiyatlarni inobatga olish muvaffaqiyatga erishish garovidir. Hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi bolalar psixik xususiyatlari rivojlanishining mustaqil fikrlash jarayoniga taʼsiri haqidagi maʼlumotlar keltirilib, muammo va yechimlar haqida soʻz yuritiladi

586
23.02.2025

MAXSUS FANLARNI INTEGRATIV-MODULYAR YONDOSSHA ASOSIDA O‘QITISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI.

Ushbu mаqоlаdа mахsus fаnlаrni intеgrаtiv-mоdulli yоndаshuv аsоsidа о‘qitishning реdаgоgik shаrt-shаrоitlаri o’rganilib, Jahonda professional ta’lim jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish hamda professional ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlikning muhim qismi hisoblangan maxsus fanlarni innovatsiyon ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish masalasi faol o‘rganilmoqda

531
23.02.2025

МИЛЛИЙ ЮКСАЛИШДА ЭТНОМАДАНИЯТНИНГ ЎРНИ

Мақолада мафкуравий курашлар жараёнида дунё миқёсида ахборот оқимининг кучайиши ва турли сохта қадриятларнинг оммалашуви натижасида ўзлигини сақлаб қолишга интилаётган ўзбек этномаданияти ҳамда ундаги фундаментал аҳамиятга эга ғоялар, қадриятлар, қарашлар бугунги миллий ғоя ва мафкуранинг долзарблиги масаласи, Миллатнинг ўзини - ўзи англаши , муайян моддий ва маънавий қадриятларнинг ташувчи сифатида тасдиқлаши, унинг муайян этник бирликка, давлатга, тилга, маданият, урф-одат, анъаналар ва қадриятларига мансублигини тушуниб етиши ҳамда уларни ривожлантириш, бойитиш заруриятини ва аниқ йўлларини англашидир, масаласи тахлил қилинган. Шунингдек бугунги кунда миллий қадриятларни сақлаш ва келажак авлодга етказиш масаласининг ахамияти унинг фалсафий-илмий асослари келтирилган.

552
23.02.2025

O'pka venalarining anomal drenajlanishi bilan og'rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi masofadan o'tkazilgan EKOkardiografik parametrlarning regressiyasi.

Tug'ma yurak nuqsonlari bo'yicha jarrohlik bo'limida 221 nafar bemorda o'pka venoz drenajining anormalligini jarrohlik yo'li bilan tuzatish amalga oshirildi. Operatsiya qilingan barcha 221 (100%) bemor tuzatishdan oldin va 119 (53,85%) bemor operatsiyadan keyingi kech davrda ekokardiyografik tekshiruvdan o'tkazildi. Ushbu ilmiy ishda 119 bemorda 1 yildan 10 yilgacha (o'rtacha 6,7±0,16) yil davomida olingan operatsiyadan oldingi ma'lumotlar bilan ekokardiyografiyaning qiyosiy natijalari o'rganildi. Shu bilan birga, ekokardiyografiyaga asoslanib, o'z materiallarini tahlil qilib, mualliflar bajarilgan operatsiyaning etarliligini baholashga harakat qilishdi. Shu maqsadda operatsiyadan oldin va keyin kech bosqichda ekokardiyografik rasm tekshirildi. Tadqiqot maqsadi anomal pulmoner vena egaliklarini jarrohlik davolashdan so'ng uzoq muddatda ekokardiyografik parametrlarning dinamikasini o'rganish edi.

483
09.02.2025

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FRANKOFON DAVLATLAR BILAN ALOQALARI TARIXI VA DAVLAT SIYOSATI

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi va Frankofoniya mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy munosabatlarning tarixiy evolyutsiyasi va davlat siyosati yoritilgan. Unda ikki tomonlama madaniy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy bosqichlari ko‘rib chiqilib, o‘zaro g‘oyalar, an’analar va qadriyatlar almashinuvi yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekistonning fransuzzabon davlatlar bilan madaniy diplomatiyani mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarini o‘rganadi, asosiy e’tibor ta’lim, san’at, merosni saqlash va til sohasidagi hamkorlik kabi sohalarga qaratiladi. Bundan tashqari, maqolada xalqaro tashkilotlar va madaniy shartnomalarning ushbu aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Ushbu munosabatlarning O‘zbekistonning global madaniy mavjudligiga ta’sirini tahlil qilib, maqolada madaniy diplomatiya xalqaro hamkorlik va o‘zaro tushunish vositasi sifatidagi muhimligi ta’kidlangan.

783
09.02.2025

OLMOSH SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Olmosh so‘z turkumini o‘rganishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuv hisoblanadi. Ushbu maqolada olmoshlarni o‘rgatishda interaktiv va o‘yinlashgan metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning qiziqishi va motivatsiyasini oshirish maqsadida o‘yin elementlari qo‘llanilgan bo‘lib, bu bilimlarni samarali o‘zlashtirishga yordam bergani kuzatildi. Ta’limiy o‘yinlar orqali grammatik qoidalarni mustahkamlash va mavzuga ijodiy yondashuvni shakllantirish imkoniyatlari ochib berildi.

839
09.02.2025