СУРХОН-ШЕРОБОД ВОҲАСИДА ЕРГА ҚЎШ ЧИҚАРИШ ВА ЭКИН ЭКИШ БИЛАН БОҒЛИҚ МАРОСИМЛАР ҲАМДА УЛАРДАГИ ТРАНСФОРМАЦИЯЛАР

Ушбу мақолада Сурхон-Шеробод воҳаси деҳқонлари қўш чиқариш ва экин экиш билаи боғлиқ урф-одат ва маросимларини ўтказиш билан боғлиқ қарашлари, бу маросимларда қишлоқнинг каттаю кичиги фаол иштирок этишганлиги, маросимлар марказида Бободеҳқон тимсолидаги қария ва эл оқсоқоллари туришганлиги юзасидан қиёсий таҳлиллар берилган. Албатта, бу иштирокчилар аждодлар таомилларига тўлиқ амал қилган ҳолда иш юритишган. Ҳосилдорлик ҳомийси билан боғлиқ сеҳрли (магик) расм-русумлар ҳам амалга оширилган. Ўрта Осиёнинг бошқа минтақаларида бўлганидек, бу ерда ҳам Бободеҳқонга атаб «ис» чиқариш, «ис» ёғи билан қўшга қўшиладиган ҳўкиз шохини, омоч, бўйинтуриқ қисмларини мойлаш имон-эътиқодли, серфарзанд ва ували-жували қария томонидан амалга оширилиши ҳамда ҳар йили эрта баҳорда «она буғдой»ни сепиш маросими ўтказилганлиги қиёсий таҳлиллар билан берилган.

428
24.03.2023

OYBEK DOSTONLARIDA AYOLLAR OBRAZI

Mazkur maqolada Oybek dostonlarida ayollar obrazi va ularning ichki kechinmalari, front ortidagi fidokorona mehnatlari haqida so‘z yuritiladi.

268
24.03.2023

NAFTEN KISLOTANI TADQIQOT VA QO'LLANISH

Maqolada naftenik kislotalarning natriy va kaliy tuzlari emulsiya moylarini ishlab chiqarishda emulsifikatorlar, yog‘larni suvsizlantirishda demulsifikatorlar, kalsiy va alyuminiy naftenatlar, shuningdek kaltsiy va rux tuzlari quyuqlashtiruvchi moddalar sifatida ishlatiladi. moylash moylarining mustahkamligi. qo'rg'oshin, kobalt va marganets naftenatlar motor moylarida dispersant qo'shimchalar sifatida ishlatiladi. Uni bo'yoq va lak sanoatida qurituvchi vosita sifatida, mis va kobalt tuzlarini esa rangli asfalt ishlab chiqarishda qo'llash imkoniyati ko'rsatilgan.

364
12.11.2022

KIMYOVIY O‘G‘ITLAR TARKIBIDAGI TURLI MODDALAR ORQALI TUPROQLAR QATLAMINI IFLOSLASHI VA UNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI

Maqolada tuproqlarni antropogen va texnogen omillar ta’sirida bir necha yillar mobaynida tuproqda og‘ir metallar, mineral o‘g‘itlar tarkibidagi nitrit va ftor asosiy haydov qatlami ostida to‘planib qoladi. Ammo sohada mamlakatning haqiqiy sanitar-ekologik holatini baholash imkonini beruvchi zamonaviy inovatsion va axborat kommunikatsiya texnologiyalari mavjud emasligi ta’kidlangan. Tuproqqa yillar davomida sug‘orish orqali tushayotgan yuzdan ortiq modda va kimyoviy birikmalar oxir oqibat tuproqqa tushib, uni degradatsiyaga uchratmoqda.

803
12.11.2022