GAMIFIKATSIYA VA MIKROO‘QUV MODULLAR ASOSIDA XORIJIY TILNI O‘RGATISH: O‘RGANUVCHI MOTIVATSIYASIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xususan gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) va mikroo‘quv modullar yordamida xorijiy tilni o‘qitish jarayonining o‘rganuvchi motivatsiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida universitet talabalari ishtirokida eksperiment tashkil etilib, an’anaviy va gamifikatsiyalashgan mikroo‘quv yondashuvlari natijalari solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mazkur metodlar ta’limga qiziqishni kuchaytiradi, faol ishtirok va mustaqil o‘rganishni rag‘batlantiradi.

716
23.05.2025

O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada o'zbek tili grammatikasini o’rgatishda qo'llaniladigan interfaol metodlar, ularning samaradorligi va istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbek tilini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning dolzarbligi, ularning o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi, muloqot madaniyatini shakllantirishdagi hamda til ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi o‘rni yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol yondashuvlar o‘qituvchining asosiy vositasiga aylanmoqda.

735
14.05.2025

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA TALABALARDA MILLIY QADRIYATLAR TARIXINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH HOLATI

Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatishning ahamiyati, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha metodik takliflar yoritilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida metodikani takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

611
29.04.2025

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FRANKOFON DAVLATLAR BILAN ALOQALARI TARIXI VA DAVLAT SIYOSATI

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi va Frankofoniya mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy munosabatlarning tarixiy evolyutsiyasi va davlat siyosati yoritilgan. Unda ikki tomonlama madaniy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy bosqichlari ko‘rib chiqilib, o‘zaro g‘oyalar, an’analar va qadriyatlar almashinuvi yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekistonning fransuzzabon davlatlar bilan madaniy diplomatiyani mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarini o‘rganadi, asosiy e’tibor ta’lim, san’at, merosni saqlash va til sohasidagi hamkorlik kabi sohalarga qaratiladi. Bundan tashqari, maqolada xalqaro tashkilotlar va madaniy shartnomalarning ushbu aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Ushbu munosabatlarning O‘zbekistonning global madaniy mavjudligiga ta’sirini tahlil qilib, maqolada madaniy diplomatiya xalqaro hamkorlik va o‘zaro tushunish vositasi sifatidagi muhimligi ta’kidlangan.

861
09.02.2025

OLMOSH SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISHDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Olmosh so‘z turkumini o‘rganishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuv hisoblanadi. Ushbu maqolada olmoshlarni o‘rgatishda interaktiv va o‘yinlashgan metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning qiziqishi va motivatsiyasini oshirish maqsadida o‘yin elementlari qo‘llanilgan bo‘lib, bu bilimlarni samarali o‘zlashtirishga yordam bergani kuzatildi. Ta’limiy o‘yinlar orqali grammatik qoidalarni mustahkamlash va mavzuga ijodiy yondashuvni shakllantirish imkoniyatlari ochib berildi.

952
09.02.2025

XOJA AHMAD YASSAVIYNING AXLOQIY QARASHLARINING BARKAMOL SHAXS TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada xoja ahmad yassaviyning axloqiy qarashlarining barkamol shaxs tarbiyalashdagi ahamiyati hamda tarbiyaning tarixiy ildizlari, yurtimizda inson ma’naviy axloqiy tarbiyasi muammosi bo‘yicha olib borilgan izlanishlarda ilgari surilgan. Bugungi kunda barkamol shaxs tarbiyalashda buyuk ajdodlar merosini o’rni haqida to’xtalib o’tilgan.

805
09.02.2025

HOZIRGI ZAMONDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI TALABLAR DUNYOTARASHISHINI RIVOJLANTIRISH USULLARI.

Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida talabalarning dunyoqarashini rivojlantirish metodlari hamda pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayonini tashkil etishdagi ro’li, pedagogik mahorat yordamida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini oshirish, pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari, ular vositasida talabalarning tafakkurini, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, pedagogik texnologiyalarning ko‘rinishlari, pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari kabi masalalar yoritib berilgan.

691
09.02.2025

ONLAYN TA’LIMDA SOTSIALIZATSIYA VA IJTIMOIY ALOQALARNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Mazkur maqolada onlayn ta’limning ijtimoiy jihatlaridagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari chuqurroq tahlil qilinadi. Shuningdek, onlayn ta’limning afzalliklari ilmiy asoslanib, mavjud muammolarni hal qilish chora-tadbirlari nazariy izohlanadi.

652
17.01.2025

О‘ZBЕKISTОNDА АMАLGА ОSHIRILGАN MА’NАVIY-MАDАNIY ISLОHОTLАR DINАMIKАSI VА АSОSIY YО‘NАLISHLАRI

Ushbu maqolada О‘zbеkistоndа аmаlgа оshirilgаn mа’nаviy-mаdаniy islоhоtlаr dinаmikаsi vа аsоsiy yо‘nаlishlаri tahlili hamda bugungi kundа, mа’nаviy-mаdаniy islоhоtlаrning rivоjlаnish yо‘li tо‘g‘ri yо‘l sifаtidа tаnlаngаnligi о‘zining аmаliy tаsdig‘ini tоpmоqdа. Mа’nаviy-mаdаniy yаngilаnishlаr nаtijаsidа jаmiyаtdа ijtimоiy-siyоsiy vа iqtisоdiy islоhоtlаr bаrqаrоrligini tаminlаsh asosidagi islohotlar. haqida tо‘xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan.

775
02.11.2024

INGLIZ TILI DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR: TAHLIL VA NATIJALAR

Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim tizimida foydalaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalar, darsning samarali bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan mazkur maqolada innovatsion texnologiyalar va ularni ingliz tili darslarida qo‘llash texnologiyalari borasida ilmiy xulosalar keltirilgan.

840
02.11.2024

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA TA’LIM SOHASIGA OID TERMINLARNING CHOG’ISHTIRMA TAHLILI

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ta’lim sohasiga aloqador bo’lgan termin va tushunchalar qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, sohaga oid adabiyotlar va ularda keltirilgan ilmiy mulohazalar tadqiq qilingan.

996
11.06.2024

BO'LAJAK CHET TILI O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA IXTISOSLASHTIRILGAN FANLARNI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: O'ZBEKISTONDAGI TA'LIM TIZIMI MISOLIDA

Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlashda ixtisoslashtirilgan fanlarni o‘qitish til bilimiga ega va individual o‘qitish malakasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mavjud metodologiyalar ko‘rib chiqiladi, kamchiliklar aniqlanadi va takomillashtirish strategiyalari, texnologik yutuqlarni integratsiyalashuvi, fanlararo yondashuvlar va faol o‘qitish usullari taklif etiladi. Ushbu metodikalarni takomillashtirish orqali O‘zbekistonda o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlari zamonaviy til ta’limi talablariga javob beradigan o‘qituvchilarni yaxshiroq tayyorlashi mumkin.

617
05.06.2024