Maqolada globallashuv sharoitida yoshlarni buzg‘unchi axborotlar tajovuzidan himoya qilishning muhim jihatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Har qanday axborot xurujlaridan yoshlarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.