INGLIZ VA O'ZBEK TILIDAGI QARINOSCHLIK TERIMLARINING TIL MADANIYAT XUSUSIYATLARI.

Ushbu maqola til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatni ingliz va o‘zbek tillarida qarindoshlik terminologiyasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Qiyosiy tahlildan foydalanib, tadqiqot qarindoshlik atamalarining har bir tilga xos bo‘lgan madaniy qadriyatlar, ijtimoiy tuzilmalar va oilaviy rollarni qanday aks ettirishini ko‘rsatadi.

138
09.02.2025

BUGUNGI KUNDA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA ASSOTSIATIV MAYDONNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy tilshunoslikda assotsiativ maydonni o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Ma’lumki, inson borliqni til orqali anglaydi, tushunadi va his etadi. So‘zlar ongimizda muayyan guruhlarni tashkil qiladi. Ularning ma’nosini anglash uchun har bir guruh mohiyat, undagi so‘zlar voqelik, ma’nolar orqali ifodalangan bilim ekanligini tushunish lozim. Tilshunoslikda bu kabi til birliklarning shakliy yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashuviga assotsiatsiya deb qaraladi. Predmet hamda so‘z haqidagi tasavvurni bir-biridan ayro tushunish mumkin emas.

179
27.12.2024

BO'LAJAK CHET TILI O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA IXTISOSLASHTIRILGAN FANLARNI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: O'ZBEKISTONDAGI TA'LIM TIZIMI MISOLIDA

Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlashda ixtisoslashtirilgan fanlarni o‘qitish til bilimiga ega va individual o‘qitish malakasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mavjud metodologiyalar ko‘rib chiqiladi, kamchiliklar aniqlanadi va takomillashtirish strategiyalari, texnologik yutuqlarni integratsiyalashuvi, fanlararo yondashuvlar va faol o‘qitish usullari taklif etiladi. Ushbu metodikalarni takomillashtirish orqali O‘zbekistonda o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlari zamonaviy til ta’limi talablariga javob beradigan o‘qituvchilarni yaxshiroq tayyorlashi mumkin.

211
05.06.2024

TARJIMANING PRAGMATIK JIHATI

Matn tarjimasi, o‘zining ichki tabiati va xususiyatiga ko‘ra, shubhasiz, ko‘plab sohalarning bir qismini ifoda etadi. Ana shunday sohalardan biri pragmatika bo‘lib, u tarjima jarayonining borishi hamda natijasiga ta’sir qilish zarurati hisoblanib, tarjimaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Tarjima va pragmatika o‘rtasidagi aloqa anglashilmas darajada namoyon bo‘lib, bu ikki sohani yaqindan o‘rganish ularning ahamiyatli tomonlarini namoyon qiladi.

334
22.05.2024

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI MERONIMLAR VA ULARNING LEKSIK SOʻZLARARO MUNOSABATLARI VA XUSUSIYATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

Ushbu maqolada tilshunoslik fani uchun mutloq yangi bo‘lgan atama - meronim va uning til sathi doirasidagi xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Meronim bu til birligining kichik leksik qismi bo’lib, u butunning qismini ifodalaydigan kichik til butunligidir. Bu atama tilshunoslik sohasida ma’lum bo’lgan atnomim, sinonim, omonim va paronimlik leksik xosdoshliklardan farqli o’laroq, soha rivojlanish mumkinligini isbotlovchi taraqqiyot mahsuli natijasida yuzaga kelgan va so’zlararo munosabatlarning o’ziga xoslik: leksik, semantik, sintaktik vazifalarini namoyon eta oladigan leksik birlikdir.

315
09.06.2023