MАVLONO JАLOLIDDIN RUMIY HАYOTI: IBRАT VА HIKMАT KOʻZGUSI

Ushbu maqolada Sharqning buyuk mutafakkiri va shoiri, tasavvuf taʼlimotining ulugʼ namoyandasi, “Mavlaviya” tariqatining asoschisi Mavlono Jaloliddin Rumiyning hayotiga oid ayrim faktlar tarixiy va adabiy manbalar bergan maʼlumotlar asosida qayta koʻrib chiqiladi. Rumiy hayot yoʻli bilan bogʻliq baʼzi bir chalkashliklarga oydinlik kiritiladi. Jaloliddin Rumiyning buyuk ustozlari,piru komillari haqida ham soʻz boradi. Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziyning Rumiy bilan uchrashuvi, Damashqda Mavlono shu shaharda Shayx ul-akbar Muhyiddin ibn al-Аrabiy bilan muloqotda boʻlganligi. Аflokiyning Mavlono bilan Shamsiddinning Shomda yuz bergan muloqoti haqida keltirgan hikoyatini bu yerda aynan keltirib oʻtilganligi koʻrsatilgan. Rumiy hayoti, ijodi va qarashlarini tahlil va tahqiq etish yoʻlida АQSh va Gʻarbiy Yevropada koʻzga koʻrinarli jiddiy ilmiy ishlar amalga oshirilgani haqida aytib oʻtilgan. Rumiyshunoslik bilan jiddiy shugʻullangan ingliz olimlaridan birinchi boʻlib Rinald Nikolson eslanishi joiz. U aslida yunon va turk tillari boʻyicha mutaxassis edi, biroq fors tiliga jiddiy mehr qoʻyganligi, qatʼiy va tinib-tinchimas saʼy-harakati bois fors tilini, soʻng arab tilini oʻrganib oldi. Mavlono gʼazallari haqiqat, zavq-shavq va jozibaga undovchi sheʼriyatning eng baland choʻqqilarida parvoz etib, uni irfon mulkining malik ush-shuarosiga aylantirdi. Аmmo bu gʼazallar shunday bir olamda sayr qiladiki, hayotning oddiy mushohadalari bilan uning orasida ancha masofa mavjud. Gʼayb va ahli shuhuddan boshqa hech kim bundan ogoh emas. Gap shundaki, “Masnaviy” birinchi navbatda ana shunday masala va tushunchalarga nazar soladi, inson hayotining mazmun-mohiyati hamda turmush tarzi bilan aloqa oʻrnatadi.

232
10.05.2024

СУФИЗМНИНГ МАВАРАУННАХРДА РИВОЖЛАНИШИ

Maqola Movarounnahr hududida so'fiylik rivojiga bag'ishlangan. Unda mintaqa va aholi islomlashuvidan oldingi diniy va harbiy-siyosiy jarayonlar, shuningdek, arablar o‘z maqsadlariga erishish yo‘llari va vositalari tahlil qilinadi. Xronologik jihatdan maqola VII-XI asrlardagi jarayonlarni qamrab oladi. Bu davrga kelib oʻzining koʻp yillik tarixiy-madaniy ildizlari va merosiga ega boʻlgan Movaraunnahr aholisini islomlashtirish bir necha bosqichda mushkul darajada qiyin kechdi. So'fiylik tariqatlari mintaqani yakuniy islomlashtirishda katta rol o'ynadi.

237
13.02.2024

XIV-XV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIY-SIYOSIY FIKRLAR RIVOJLANISHI

Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy fikrlar taraqqiyoti tahlil qilindi. О‘rta asrlarda Movarounnahrda bir qator ilm-fan rivojlanib taraqiy topdi. Bular qatorida tafsir (Qur’on sharhi) ilmi ham о‘zining taraqqiyot bosqichini bosib о‘tdi. XIV-XV asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksak darajada rivojlanganligi va o’sha davrda yashab ijod qilgan olimlarning ilmlariga to’xtalib o’tilgan.

523
29.09.2023

M.A.BULGAKOV IJODIY XUSUSIYATIGINI SHAKLLANISHIGA DINIY QARASHLARNING TA'SIRI.

Maqolada shoirning ijtimoiy-maishiy turmush sharoitlarining turli davr asarlarida aks ettirilgan diniy qarashlariga ta'siri masalasi ko'rib chiqiladi. Eng mashhur asarlar tahlil qilinadi.

215
29.04.2023