ЯПОНИЯНИНГ ЦИВИЛИЗАЦИЯВИЙ РИВОЖЛАНИШИНИ ЎРГАНИШГА ДОИР

Maqolada Yaponiyaning tsivilizatsiya rivojlanishini o'rganish ko'rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi umrining 40 yildan ortiq qismini yapon sivilizatsiyasini, ayniqsa, uning madaniyati tarixini o‘rganishga bag‘ishlagan sharqshunos olim, akademik Nikolay Iosifovich Konrad faoliyatini atroflicha tahlil qilishdan iborat. N.Konrad birinchilardan bo'lib yapon madaniyatiga Sharq va G'arb madaniyatlari bilan qiyosiy yondashuvni qo'llay oldi, bu esa keyinchalik yapon sivilizatsiyasining jahon madaniyatiga qo'shgan hissasini yangicha baholash imkonini berdi. Ushbu tadqiqotning asosiy xulosasi shundan iboratki, N.Konrad merosi yapon tarixi, madaniyati, adabiyoti va tilini o‘rganishda fundamental ahamiyatga ega bo‘lib, uning yapon adabiyotiga oid tarjima va sharhlari yapon xalqi va uning turmush tarzini tushunishda muhim vositaga aylandi.

20
30.06.2025

IX-XI ASRLARDA ARAB MUSULMON DUNYOSIDA YOZILGAN MANTIQ ILMIGA OID ASARLAR

Mazkur maqolada IX–XI asrlar oralig‘ida musulmon Sharqida mantiq ilmining rivojlanishi, bu boradagi mashhur mutafakkirlar – Al-Kindiy, Al-Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Xorazmiy va boshqa allomalarning ilmiy merosi yoritilgan. Ularning mantiqqa oid qarashlari, yunon merosining tarjima va sharhlari asosida yangi ta’limotlarning shakllanishi, mantiq ilmining boshqa fanlarga, xususan, falsafa, ilohiyot, tibbiyot, huquq kabi sohalarga ta’siri tahlil qilingan.

72
15.06.2025

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA TALABALARDA MILLIY QADRIYATLAR TARIXINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH HOLATI

Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida talabalarda milliy qadriyatlar tarixini o‘rgatishning ahamiyati, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha metodik takliflar yoritilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida metodikani takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

146
29.04.2025

ISLOM FALSAFIY AN’ANALARIDAGI AXLOQIY QADRIYATLARINING TARIXIY TAHLILI

Ushbu maqola Islom falsafiy an’analari doirasida axloqiy qadriyatlarning tarixiy evolyutsiyasini tadqiq etishga, davrlar o‘tishi bilan ilmiy munozaradagi asosiy tendentsiyalar va o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan. Maqsad bu qadriyatlarning rivojlanishini hamda turli tarixiy davrlardagi ahamiyatini tahlil qilishdan iborat.

179
09.02.2025

MUSTAQIL O‘ZBEKISTONNING TURKIYA BILAN IQTISODIY MUNOSABATLARI EVOLYUTSIYASI

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng Turkiya va Oʻzbekiston davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar oʻrganilgan.

306
05.06.2024