NUTQI RIVOJLANMAGAN BOLALARNING NOMINATIV LUG’ATLARINI BUZILISH HOLATLARI

Maqolada nominal nima degan savol muhokama qilinadi. Nutq ontogenezida nominativ lug’at rivojlanishining miqdoriy statistikasini tavsiflovchi olimlarning ma’lumotlari keltirilgan. Bolalar nutqidagi asosiy so’z guruhlari aniqlanadi. Umumiy nutqi rivojlanmagan bolalarning nominativ so’z boyligining rivojlanmaganligiga misollar keltirilgan.

7
15.10.2024

MASNU’ SO’ZLAR JILVASI VA JOZIBASI

Havola qilinayotgan maqolada mumtoz lirika va epik poeziyada poetik so’zning o’rni va ularning timsol yaratishdagi mavqeyi yuzasidan yozuvchi mahorati ochib berilgan. Ayrim namunalar orqali poetik so’zning emotsional-ekspressivlik darajasiga e’tibor qaratilgan. Xususan, Boburning ayrim baytlari, masnu’ she’rlaridan bittasi tahlil qilinishi o’laroq, tahlil davomida aytilgan fikrlardan masnu’ she’rlarda so’zlarning shakliy jilvasi hamda mazmuniy jozibasi yuqori darajada bo’lishi dalillangan.

392
07.02.2024

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI MERONIMLAR VA ULARNING LEKSIK SOʻZLARARO MUNOSABATLARI VA XUSUSIYATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

Ushbu maqolada tilshunoslik fani uchun mutloq yangi bo‘lgan atama - meronim va uning til sathi doirasidagi xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Meronim bu til birligining kichik leksik qismi bo’lib, u butunning qismini ifodalaydigan kichik til butunligidir. Bu atama tilshunoslik sohasida ma’lum bo’lgan atnomim, sinonim, omonim va paronimlik leksik xosdoshliklardan farqli o’laroq, soha rivojlanish mumkinligini isbotlovchi taraqqiyot mahsuli natijasida yuzaga kelgan va so’zlararo munosabatlarning o’ziga xoslik: leksik, semantik, sintaktik vazifalarini namoyon eta oladigan leksik birlikdir.

204
09.06.2023