Havola qilinayotgan maqolada mumtoz lirika va epik poeziyada poetik so’zning o’rni va ularning timsol yaratishdagi mavqeyi yuzasidan yozuvchi mahorati ochib berilgan. Ayrim namunalar orqali poetik so’zning emotsional-ekspressivlik darajasiga e’tibor qaratilgan. Xususan, Boburning ayrim baytlari, masnu’ she’rlaridan bittasi tahlil qilinishi o’laroq, tahlil davomida aytilgan fikrlardan masnu’ she’rlarda so’zlarning shakliy jilvasi hamda mazmuniy jozibasi yuqori darajada bo’lishi dalillangan.