XALQARO HUQUQIY TA’LIM STANDARTLARI VA ULARNING MILLIY TA’LIM TIZIMIGA TATBIQI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Mazkur ilmiy ishda zamonaviy ta’lim jarayonlarini xalqaro me’yor va ko‘rsatkichlar asosida rivojlantirish hamda ularni mahalliy sharoitga moslashtirish masalalari tahlil qilinadi. Jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan huquqiy ta’lim yondashuvlari, jumladan, o‘quv dasturlarini kompetensiyaga asoslangan tarzda shakllantirish, akademik erkinlikni kengaytirish va ta’lim sifati monitoringini mustahkamlash mexanizmlari ilmiy jihatdan o‘rganilib, ular mahalliy ta’lim siyosatidagi islohotlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shu bilan birga, milliy huquqiy tizimni global standartlarga moslashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari va bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning nazariy asoslari sifatida xalqaro tashkilotlarning ta’lim sohasidagi hujjatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va milliy qonunchilik talablari tahlil etilgan. Natijada, ta’lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali huquqiy sohada yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishishning konseptual yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.

41
18.10.2025

TALABALARNING MUSTAQIL IJODIY FAOLIYATI METODIKASINING MAQSADLARI, TAMOYILLARI, MAZMUNI VA USLUBIY ASOSLARI

Maqolada talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati metodikasining maqsadlari, tamoyillari, mazmuni va uslubiy asoslari nazariy tahlil qilindi. Uning tasnifi, parametrlari va mustaqil ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yordam berish usullari tavsiflandi.

164
01.09.2025

BOSHLANG’ICH SINFLARNING RUS TILI DARSLARIDA AXBORAT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada boshlang'ich sinfda rus tili darslarida ijodkorlikni rivojlantirish xususiyatlari ochib beriladi hamda ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan rus tili darslarida turli xil o‘qitish usullari muhokama qilinadi.

608
10.06.2023

TA’LIM O‘ZBEK TILIDA OLIB BORILADIGAN SINFLARDA RUS TILINI SAMARALI O’RGATISH USULLARI

Ushbu maqola Oʻzbekiston maktablarida rus tilini oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan, shuningdek, tilni shakllantirish shartlari va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishda metodologiya fanining oʻrni koʻrib chiqiladi. Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan rus tili darslarida turli xil o‘qitish usullari muhokama qilinadi.

864
10.06.2023