MULK VA TADBIRKORLIK SOHASIDAGI ISLOLOOTLARNING KONSEPTUAL TAMOPLARI MAMLAKAT Taraqqiyotining yangi bosqichida.

Maqolada mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida mulk va tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning kontseptual tamoyillarining o'ziga xos jihatlari ko'rib chiqiladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi qulay ishbilarmonlik va sarmoyaviy muhitni yaratish orqali mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mulkchilik sohasining barqaror rivojlanishiga erishishdan iborat.

113
09.02.2025

ZAMONAVIY YOSHLAR MEDIASAVODXONLIGINING MEXANIZIMLARINI SHAKLLANTIRISH KOMPONENTLARI

Ushbu maqolada zamonaviy yoshlar uchun mediasavodxonlikni shakllantirishning asosiy mexanizmlari va komponentlari tahlil qilinadi. Mediasavodxonlik – bu yosh avlodni axborotni tahlil qilish, saralash va undan mas'uliyatli foydalanishga o'rgatish imkonini beruvchi muhim ko'nikma hisoblanadi. Maqolada mediasavodxonlikning mohiyati, uni rivojlantirishdagi ta'limning o'rni, raqamli texnologiyalardan foydalanish va jamiyatdagi axborot madaniyatini shakllantirish jarayonlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, yoshlar o'rtasida soxta axborotlarga qarshi immunitetni oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va axborotni xavfsiz boshqarishga oid uslubiy tavsiyalar beriladi. Tadqiqotda media savodxonlikni shakllantirish bo'yicha xalqaro tajribalar va ilg‘or amaliyotlar misolida tahliliy yondashuv qo'llanilgan. Ushbu maqola axborot muhitida samarali harakat qilishga intilayotgan yoshlar, pedagoglar va tadqiqotchilar uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.

208
29.01.2025

TARAQQIYOT STRATEGIYASI – YANGI O‘ZBEKISTON BARQAROR TARAQQIYOTINING GAROVI

Mazkur maqolada bugungi globallashuv va integratsiyalashuv davrida mamlakatimiz taraqqiyotida o’z oldiga qo’ygan strategik maqsadlar, ularning ahamiyati va amalga oshirish mexanizmlari borasida taklif, fikr va xulosalar bayon etilgan. 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasining dolzarbligi va mohiyati to’g’risida ilmiy qarashlar bayon etilgan.

393
16.02.2024