Ushbu maqolada “vatan” tushunchasining qiyosiy tahlili keltirilgan. “Ona yurt” tushunchasiga oid maqollar ingliz va o‘zbek tillarida berilgan.
Ushbu maqolada “vatan” tushunchasining qiyosiy tahlili keltirilgan. “Ona yurt” tushunchasiga oid maqollar ingliz va o‘zbek tillarida berilgan.
Ushbu maqolada turk tili va o‘zbek tilining xorazm shevasi o’rtasidagi isimlar so’z turkumiga oid so’zlardagi o‘xshashliklar va ularning o‘zbek tilining qolgan lahjalaridan ayiruvchi xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tilgan hamda ularga bir qator misollar keltirilgan. Ba’zi bir jihatlariga ko‘ra xorazm shevasi o‘zbek tilining boshqa lahjalariga mansub shevalaridan ko‘ra turk tilida yaqinligi seziladi. Xorazm shevasining o‘zbek tilidagi qolgan shevalardan farqliligini ko‘rsatuvchi, turk tilida ham bir xil ma’noni anglatuvchi so‘zlar talaygina. Dunyoning barcha til va shevalarida bo‘lgani kabi o‘g‘uz guruhiga mansub til va sheva hisoblanuvchi turk tili va o‘zbek tilining xorazm shevasida ham ularni qolgan tillardan ajratib turuvchi ot, sifat, son, ravish, fe’l so‘z turkumlariga oid so‘zlar va so‘z birikmalari mavjud. Turk tili va o‘zbek tilining xorazm shevasidagi ma’nodosh va bir xil bo‘lgan so‘zlari qatoriga qarindosh-urug‘chilik (dayı), arxitektura (dalan), inson tana a’zolari (dudak), tibbiyot (öksürük) va boshqa ko‘plab sohalardan misol keltirish mumkin. Turk tilida va xorazm shevasida qo‘llaniluvchi so‘zlarning ba’zilari turk tilida ko‘plab va xilma-xil ma’nolarni ifodalagan holda xorazm shevasida aniq bir ma’noni ifodalashi va yoki buning aksi kuzatilishi ham mumkin. Turk tili va xorazm shevasidagi ma’nodosh so‘zlar orasida talaffuzda bazi bir farqliliklar mavjud. Bunday farqlar asosan –e va –a tovushlarining hamda –u va –o tovushlarining o‘z o‘rnini ikkinchisiga bo‘shatib berishi bilan bog‘liq. Ba’zi so‘zlar o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lsada amalda muomalada faqat xorazm vohasida saqlanib qolingan va ularning turk tilida ham bir xil shakldagi ma’nodoshlari mavjud.