XIX ASR INGLIZ ADABIYOTIDA BOLALIK TASVIRI

Ushbu maqola XIX asr ingliz adabiyotidagi bolalik obrazlarini ijtimoiy, psixologik va madaniy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Sharlotta Bronte va Charlz Dikkensning “Oliver Tvist” asaridan tashqari, Tomas Hardi, Elizabeth Gaskell, Jorj Eliot va Uilyam Uordsvort kabi yozuvchilarning asarlarida bolalik qanday tasvirlangani o‘rganiladi. Maqola Viktoriya davri ijtimoiy muammolari, bolalikka munosabat va adabiyotdagi ramziy ma’nolarni ochib beradi. Bolalik obrazlari orqali mualliflarning ijtimoiy tanqid va psixologik dunyoqarashi ko‘rsatiladi.

20
02.07.2025

KECHA VA KUNDUZ ASARIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING STILISTIK XUSUSIYATLARINI KRISTOFOR FORT TARJIMASIDA AKS ETTISHI

Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida turli stilistik vositalar, ibora(frazeologik birlik)lar, tasviriy vositalar va boshqa badiiy unsurlardan juda keng foydalanilgan bo‘lib, ularni tarjima qilishda Xristofor Fort qanday tarjima usullaridan, strategiyalardan foydalanganini o‘rganib chiqib, ba’zi o‘rinlarda o‘z tomonimizdan qilingan tarjima variantlarini ham taklif etilgan.

256
05.01.2025

BUGUNGI KUNDA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA ASSOTSIATIV MAYDONNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy tilshunoslikda assotsiativ maydonni o‘rganishning ahamiyati yoritilgan. Ma’lumki, inson borliqni til orqali anglaydi, tushunadi va his etadi. So‘zlar ongimizda muayyan guruhlarni tashkil qiladi. Ularning ma’nosini anglash uchun har bir guruh mohiyat, undagi so‘zlar voqelik, ma’nolar orqali ifodalangan bilim ekanligini tushunish lozim. Tilshunoslikda bu kabi til birliklarning shakliy yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashuviga assotsiatsiya deb qaraladi. Predmet hamda so‘z haqidagi tasavvurni bir-biridan ayro tushunish mumkin emas.

254
27.12.2024

MASNU’ SO’ZLAR JILVASI VA JOZIBASI

Havola qilinayotgan maqolada mumtoz lirika va epik poeziyada poetik so’zning o’rni va ularning timsol yaratishdagi mavqeyi yuzasidan yozuvchi mahorati ochib berilgan. Ayrim namunalar orqali poetik so’zning emotsional-ekspressivlik darajasiga e’tibor qaratilgan. Xususan, Boburning ayrim baytlari, masnu’ she’rlaridan bittasi tahlil qilinishi o’laroq, tahlil davomida aytilgan fikrlardan masnu’ she’rlarda so’zlarning shakliy jilvasi hamda mazmuniy jozibasi yuqori darajada bo’lishi dalillangan.

665
07.02.2024