ERKINLIK TUSHUNCHASINI TRANSFORMATSION XUSUSIYATINI IKKI DAVR О‘RTASIDAGI DIFFERENSIATSIYASINI SOTSIOLOGIK SО‘ROVNOMA ORQALI TAHLILI

Maqolada antik davr faylasuflarining turli talqinga ega erkinlik tо‘g‘risidagi fikrlari bilan hozirgi zamon qarashlari taqqoslash uchun sotsiologik tadqiqot natijalari berilgan. Jumladan, solishtirish jarayonida ularning fikrlarini aloqadorligidan tashqari va bir-birlaridan farq qiluvchi, ya’ni differentsiatsion taraflari kо‘rib chiqilgan. Ko’pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkinlik tushunchasini bir yoqlamali tariflashning iloji mavjud emas, uning ilk talqinlari ildizi antik davrga borib taqalib, ularni barcha nuqtayi nazarlarning asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ushbu maqolada ko’rsatilgan tadqiqot ishida esa sotsiologik sо‘rovnoma orqali bu tezislarni asoslashga harakat qilingan. Tadqiqot natijalari umumlashtirilib, erkinlik hozirgi kunda ham dolzarb muammoligi asoslangan.

199
09.06.2023