O‘ZBEK VA ISPAN ARABIZMLARINING SEMANTIK DIVERGENSIYASI: DENOTATIV, AKSIOLOGIK VA PRAGMATIK FARQLANISH

Maqolada o‘zbek va ispan tillaridagi dalil–adalid, miskin–mezquino hamda harakat–alharaca juftliklarining zamonaviy ma’no munosabatlari tarixiy attestatsiyalar bilan chog‘ishtiriladi. Izohli lug‘atlar, XIII–XV asrlarga oid kastil hujjatlari va tarixiy semantikaga bag‘ishlangan tadqiqotlar asosida denotativ, aksiologik va pragmatik farqlanishning dalillanish chegaralari aniqlanadi. Tahlil umumiy etimon ma’no ekvivalentligini kafolatlamasligini, ayni paytda hozirgi tafovutning o‘zi tarixiy o‘zgarish sanasini isbotlamasligini ko‘rsatadi. Natijalardan ikki tilli lug‘atchilikda, filologik sharhda va kontekstga mos tarjima muqobillarini tanlashda foydalanish mumkin.

92
07.11.2026

ISPAN VA PORTUGAL TILLARIDA MILLIY-MADANIY KONSEPTLARNING LINGVISTIK IFODASI

Mazkur maqolada ispan va portugal tillarida milliy-madaniy konseptlarning lingvistik ifodalanish xususiyatlari qiyosiy-lingvistik va lingvomadaniy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi til va madaniyatning uzviy munosabati, milliy dunyoqarashning leksik, frazeologik, paremiologik hamda metaforik birliklarda namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Tadqiqotda ispan va portugal tillarida “uy/oila”, “mehnat”, “omad”, “do‘stlik”, “din”, “Vatan”, “insoniy munosabatlar” kabi milliy-madaniy mazmunga ega konseptlarning lingvistik ifodasi tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi qiyosiy, tavsifiy, semantik, lingvomadaniy, konseptual va kontekstual tahlil usullarini o‘z ichiga oladi. Tahlil natijalari ispan va portugal tillarida umumiy tarixiy va madaniy tajriba natijasida o‘xshash konseptual modellar mavjudligini, biroq ularning konkret lingvistik realizatsiyasi, metaforik obrazlari, pragmatik xususiyatlari va milliy assotsiatsiyalarida sezilarli tafovutlar mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, paremiologik birliklar milliy dunyoqarashni ifodalovchi muhim til vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, tarjimashunoslik va ispan hamda portugal tillarini o‘qitish metodikasi uchun amaliy ahamiyatga ega.

337
27.09.2026