ZAMONAVIY NEMIS EKOFALSAFASIDAEKOLOGIK MAS’ULIYAT KATEGORIYASI

Ushbu maqolada zamonavıy nemis ekofalsafasining yutuqlari tahlil qilingan bo’lib, unda Global ekologik inqiroz sharoitida insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatini tubdan qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji ekofalsafa sohasining mustaqil va ahamiyatli yo‘nalish sifatida shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat faoliyatining tabiatga ta’siri natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolar falsafiy tafakkurning ekologik mas’uliyat kategoriyasi atrofida birlashishiga sabab bo‘ldi. Ekologik mas’uliyat tushunchasi nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy-prakseologik ahamiyatga ega bo‘lgan konsepsiyaga aylandi. Bu borada, ayniqsa, nemis ekofalsafasi alohida o‘rin tutadi, chunki unda ekologik mas’uliyat nafaqat nazariy-aksiologik, balki prakseologik aspektda ham chuqur o‘rganilgan.

67
24.12.2025

9-10 ASRLAR IJTIMOIY-FALSAFIY JARAYONLARNING ABU NASR FOROBIY ILMIY-FALSAFIY QARASHLARIGA TA'SIRI.

Jahon mamlakatlari taraqqiyotida ilm-fan muhim o‘rin tutayotgan bir paytda tarixiy mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoning turli nuqtalarida sodir bo‘layotgan voqealar, qolaversa, globallashuvning shiddatli o‘zgarishi ortidan yuzaga kelayotgan ma’naviy va ma’naviy tahdidlarga qarshi ilm-fanni chuqur singdirish orqali yoshlarda mustahkam immunitetni shakllantirish zaruratida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy falsafiy antropologiya asosida inson, axloq, adolat, baxt, insonparvarlik, tinchlik, ma’rifat kabi qarashlardan foydalanish faraz qilinadi.

447
17.11.2024