Ushbu maqola orqali vakillik hokimiyatining ijtimoiy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlashdagi o‘rni falsafiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda vakillik hokimiyatining asosiy funksiyalari, jumladan, kommunikatsiya, integratsiya, legitimatsiya, adolatni ta’minlash, ishtirokchilik va strategik vazifalari keng yoritilgan. Shuningdek, J. Habermas, Arastu va J. Roulz nazariyalari asosida demokratik jamiyatda qaror qabul qilish jarayonlarining muloqot va tenglik tamoyillariga asoslanishi asoslab berilgan. O‘zbekiston misolida parlamentning ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari vakillik hokimiyatining nafaqat siyosiy institut, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi murakkab ijtimoiy-falsafiy mexanizm ekanligini ko‘rsatadi.