ROBOTOTEXNIKA TA’LIMIDA VIRTUAL PLATFORMALAR VA STEAM YONDASHUVINING AHAMIYATI

Mazkur maqolada robototexnika ta’limida virtual platformalar va STEAM yondashuvining ahamiyati keng yoritilgan. Virtual platformalar yordamida o‘quvchilar raqamli texnologiyalarni samarali o‘zlashtirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va interaktiv ta'lim jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. STEAM yondashuvi orqali esa o‘quvchilar nafaqat ilmiy-texnik bilimlarini, balki ijodiy qobiliyatlarini ham rivojlantirishlari mumkin. Maqolada ushbu yondashuvlarning ta'lim jarayonidagi o‘rni va samaradorligi, shuningdek, kelajak avlod mutaxassislarini tayyorlashdagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, maqola ta'lim tizimini modernizatsiyalash va o‘quvchilarning texnologik innovatsiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda virtual platformalar va STEAM yondashuvining imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.

93
31.08.2024

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARNING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI.

Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar shakllanishiga ta'siri o'rganiladi. Raqamli aloqalarning rivojlanishi va mobil qurilmalarning mavjudligi bilan yoshlar ijtimoiy, madaniy va ta'lim hayotida yangi muammolar va imkoniyatlarga duch kelmoqdalar. Maqolada zamonaviy texnologiyalarning yoshlarga ijobiy va salbiy ta’siri ko‘rib chiqiladi va kelgusida ushbu yo‘nalishdagi tadqiqot va ishlanmalar istiqbollari taklif etiladi.

194
26.11.2023