MOVAROUNNAHR FIQH MANBALARI ASOSIDA AYOL KISHINING QIMMATBAHO TOSHLARDAN FOYDALANISH HUKMLARIGA DOIR HADISLAR TAHLILI

Ushbu maqolada Imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Dorimiy hamda boshqa muhaddislarning hadis bo‘yicha yozilgan asarlarida zikr qilingan ayollarning qimmatbaho toshlardan foydalanishiga doir hadislarning hanafiy mazhabi asosidagi hukmlari o‘rganilgan va mazhablar o‘rtasi qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, Movarounnahr fiqh manbalarida zikr etilgan hukmlarga alohida e’tibor qaratilgan.

62
15.10.2024

MUHAMMAD ABU ZAHRA VA ZAHRAT-UT TAFSIR ASARI

Ushbu maqolada Shayx Muhammad Abu Zahraning shaxsiyati haqida ya’ni bolalik davridan, umrining so‘ngiga qadar bo‘lgan davr yoritib berilgan. Muhammad Abu Zahra qayerda boshlang‘ich ta’limni olganligi, oliy ta’limni qayerda olganligi, mehnat faoliyati haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Muhammad Abu Zahraning ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yozilgan. Ayniqsa Muhammad Abu Zahraning tafsir ilmiga oid qarashlari hamda Zahrat’ut tafsir asarining yozilish tarixi, asar yozilishida foydalanilgan metod va metodikalar haqida alohida-alohida to‘xtalib o‘tilgan. Muhammad Abu Zahra tafsir ilmi rivojida tutgan o‘rni haqida xulosalar keltirilgan. Qur’on va tafsir Abu Zahraning hayotida hamisha bo‘lgan. Bu jarayon yoshligida Qur’onni yod olishdan boshlab, vafotigacha davom etgan. U fiqh ilmiga va fiqh darslariga ko‘proq vaqt ajratganligi tufayli tafsir ilmidan biroz uzoqlashgan bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan tafsir ilmiga oid konferensiya va majlislar orqali tafsirga bo‘lgan qiziqishi va tafsir ilmini o‘rganishni davom ettirgan. U kuchli faqih bo‘lishidan tashqari, «Livau’l-Islom» jurnalida oyat tafsirlariga yozgan maqolalari va radioda 40 dan ortiq oyat tafsirlariga oid chiqishlari bilan o‘zini yetuk Qur’on sharhlovchisi ekanligini isbotlagan. Qozilar Madrasasi Saroyidagi tafsir darslarini o‘tishga Abu Zahra tayinlangani tafsir ilmida u kishining tafsirda ilmida ham yetuk olimlardanligining isboti bo‘ladi.

228
14.12.2023

XIV-XV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIY-SIYOSIY FIKRLAR RIVOJLANISHI

Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy fikrlar taraqqiyoti tahlil qilindi. О‘rta asrlarda Movarounnahrda bir qator ilm-fan rivojlanib taraqiy topdi. Bular qatorida tafsir (Qur’on sharhi) ilmi ham о‘zining taraqqiyot bosqichini bosib о‘tdi. XIV-XV asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksak darajada rivojlanganligi va o’sha davrda yashab ijod qilgan olimlarning ilmlariga to’xtalib o’tilgan.

521
29.09.2023