Mazkur maqolada dinshunoslik yo‘nalishi bakalavr talabalarida ingliz tili o‘qitish jarayoni orqali deontologik kompetentlikni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g‘urur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik, burch, qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgo‘ylik va talabchanlik kabi axloqiy fazilatlarning kasb egalariga, xususan, dinshunoslik soha vakillariga nechog‘li muhim ekaniga e’tibor qaratiladi. Ingliz tilining to‘rtta asosiy ko‘nikmasi — o‘qish (reading), yozish (writing), tinglab-tushunish(listening) va gapirish (speaking) — deontologik mazmundagi materiallar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarning kasbiy axloq me’yorlarini chuqur o‘zlashtirishiga zamin yaratish mumkinligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari dinshunoslik ta’limida ingliz tili o‘qitishini deontologik yo‘nalishda takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar beradi.