POSTMODERN JAMIYATINI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA UNDAGI DEFORMATSIYA JARAYONLARI.

Ushbu maqolada postmodern jamiyatning asosiy xususiyatlari, jumladan uning paydo bo'lishi, o'zgarishlarning mohiyati va bu o'zgarishlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatlari tahlil qilinadi. Postmodern jamiyatning quyidagi asosiy belgilariga e'tibor qaratiladi: axborot jamiyati, individualizm, xilma-xillik, parchalanish, voqelikning nisbiyligini qabul qilish, an'anaviy tizim va qurilmalarni rad etish. Bu o‘zgarishlarning zamonaviy jamiyatga ta’siri va ularning kelajak istiqbollari haqida ham fikr-mulohazalar berilgan.

14
17.11.2024

GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLARNI BUZG‘UNCHI AXBOROTLAR TAJOVUZIDAN HIMOYA QILISH

Maqolada globallashuv sharoitida yoshlarni buzg‘unchi axborotlar tajovuzidan himoya qilishning muhim jihatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Har qanday axborot xurujlaridan yoshlarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

33
05.11.2024

YANGI O‘ZBEKISTON UCHINCHI RENESSANS YOSHLARINI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYAT SIFATIDA ALLOMALAR MEROSINING O‘RNI

Maqolada Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans yoshlarini tarbiyalashda milliy qadriyat sifatida allomalar merosining o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berildi. Globallashuv sharoitida yoshlar ongida milliy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlamay turib, ta’lim-tarbiya jarayonlarida samarali natijaga erishish qiyin. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda avvalo, ularni ma’naviy qiyofasini, axloqiy tarbiyasini mustahkamlash lozimdir. Bu hamisha faoliyatimizning eng muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

29
02.11.2024

POSTMODERN JAMIYATDA BAG'RIKENGLIK PRINSİPLARINING TRANSFORMASIYASI.

Ushbu maqola postmodern jamiyat kontekstida tolerantlik deformatsiyasi fenomenini o'rganadi. Maqolada bag'rikenglik kontseptsiyasining buzilishiga olib keladigan asosiy omillar, jumladan, qiymat relativizmi, axborotning haddan tashqari yuklanishi, globallashuv va haddan tashqari siyosiy to'g'rilik ko'rib chiqiladi. Tolerantlik deformatsiyasining psevdotolerantlik, selektiv va agressiv tolerantlik kabi turli ko'rinishlari tahlil qilinadi. Maqolada muammoning murakkabligi va ko'p qirraliligini ko'rsatadigan keng ko'lamli nazariy ishlar va empirik tadqiqotlar o'rin olgan. Alohida e'tibor jamiyat uchun tolerantlik deformatsiyasining oqibatlariga, jumladan, ijtimoiy tarqoqlikka, axloqiy me'yorlarning emirilishiga va keskinlikning kuchayishiga qaratiladi. Xulosa qilib aytganda, ta'lim, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va ochiq muloqot uchun platformalar yaratish asosida muammoning mumkin bo'lgan echimlari taklif etiladi. Maqolada chinakam o‘zaro tushunish va farqlarni hurmat qilishga erishish uchun zamonaviy dunyoda bag‘rikenglik tushunchasini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlangan.

75
31.08.2024

“VIRTUAL MADANIYAT” - JAMIYATDAGI MADANIY O’ZGARISHLAR OMILI

Ushbu maqolada axborot har qanday jamiyat, millat taqdiri va kelajagini o’zgartirib yuborishga qodir bo’lgan kuchli vositaga aylanib borayotganligi tahlil qilingan. Bugungi kunda virtual olam ta’sirida turli qadriyat va an’anaga ega jamiyatlar madaniy sohasida universallashuv jarayoni yuzaga kelayotganligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan.

165
24.01.2024

MUSIQA TA’LIMINI AVTOMATLASHTIRISH-KOMPYUTERLASHTIRISH ASOSLARI

Mazkur maqolada ta`lim dargohlarida musiqa ta’limi fanlarini zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitilishini samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Xususan, Sibelius nota muharririning o‘qituvchi va talabalar faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqilgan.

205
12.06.2023

BOSHLANG’ICH SINFLARNING RUS TILI DARSLARIDA AXBORAT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada boshlang'ich sinfda rus tili darslarida ijodkorlikni rivojlantirish xususiyatlari ochib beriladi hamda ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan rus tili darslarida turli xil o‘qitish usullari muhokama qilinadi.

230
10.06.2023