ABU NASR FOROBIY ILMIY-FALSAFIY MEROSINING KONSEPTUAL ASOSLARI VA ZAMONAVIY JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI

Maqolada Abu Nasr Forobiyning ilmiy-falsafiy merosi aql, mantiqiy tafakkur, bilim, axloqiy fazilat va inson kamoloti o‘rtasidagi aloqadorlik doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi mutafakkir qarashlarining konseptual mazmunini ochib berish hamda ularning zamonaviy jamiyat hayoti uchun nazariy ahamiyatini aniqlashdan iborat. Tarixiy-falsafiy talqin va tushunchalar tahlili orqali Forobiyning mantiq, ta’lim-tarbiya va fozil jamiyat haqidagi g‘oyalari o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor bilimning ishonchliligi, nazariy bilish bilan amaliy faoliyat munosabati, inson qobiliyatlarini rivojlantirish va ijtimoiy hamkorlik masalalariga qaratiladi. Tahlil Forobiy qarashlarida aqliy yetuklikning axloqiy mas’uliyat hamda umumiy farovonlikka yo‘naltirilgan faoliyat bilan uzviy bog‘lanishini ko‘rsatadi. Mutafakkir merosining bugungi ahamiyati tanqidiy fikrlash madaniyatini shakllantirish, ta’limda bilim va tarbiyani uyg‘unlashtirish, kasbiy faoliyatning ijtimoiy oqibatlarini anglash imkoniyatlari orqali yoritiladi. Tarixiy tushunchalarning zamonaviy talqini ularning shakllangan davri, falsafiy vazifasi va matndagi ma’nosini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

6
22.11.2026

IBN MISKAVAYHNING MASHSHOIYYUNLIK YO‘NALISHIDAGI O’RNI

Ushbu maqolada Ibn Miskavayh qarashlarida yangi aflotunchilikning ham amaliy, ham nazariy qismlari aks etganligi germenevtik tahlil qilingan. Uning fors va arab tillarida yozilgan ushbu asari birinchi manba asosida tadqiq etilgan.

816
30.01.2026

GEOGRAFIK KO‘RSATKICHLARNING XUSUSIYATLARI HAMDA SIFAT KAFOLATINI TA’MINLASH MASALALARI

Ushbu maqolada geografik ko‘rsatkichlarning xususiyatlari va mahsulot sifatini kafolatlash mexanizmlarinazariy hamda huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Geografik ko‘rsatkichlar – bu mahsulotning sifati, obro‘si yoki boshqa o‘ziga xos xususiyatlari ma’lum bir hudud bilan bog‘langan intellektual mulk obyektidir. Tadqiqotda geografik ko‘rsatkichlarning asosiy xususiyatlari: hududga xosligi, tarixiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, tabiiy va inson omillarining mahsulot sifatiga ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada sifatni kafolatlash tizimlari ham ko‘rib chiqiladi: ishlab chiqaruvchilar tomonidan ichki nazorat va rasmiy intellektual mulk organlari tomonidan doimiy monitoring. Maxsus e’tibor ishlab chiqaruvchilar huquqlari va iste’molchilar manfaatlarini muvozanatlash, shuningdek sifat nazoratini samarali amalga oshirishdagi qiyinchiliklarga qaratilgan. Tadqiqot natijasida xulosa qilinadiki, mustahkam huquqiy asos va tizimli sifat nazorati mexanizmlari geografik ko‘rsatkichlarga bog‘langan mahsulotlarning haqiqiyligini va obro‘sini saqlash uchun muhimdir.

772
20.11.2025

ABU NASR FOROBIYNING ILMIY-FALSAFIY MEROSINING BUGUNGI BARKAMOL SHAXS TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada Abu Nasr Forobiyning ilmiy-falsafiy merosining bugungi barkamol shaxs tarbiyalashdagi ahamiyati hamda Forobiyning hayoti ilmiy-falsafiy qarashlarida inson aql-zakovatini birlamchi oʻringa qoʻyganligi, allomaning insonni anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlari haqidagi qarashlari, shuningdek, uning madaniy va ijtimoiy faoliyatining biologik asoslarini oʻz ichiga oladi. Forobiy inson, uning dunyo tarqqiyotining eng mukammal va yetuk yakuni sifada etirofi, uning asarlarida insonga tarbiya va taʼlim berish zarurligi kabi masalalar taxlil etilgan.

1289
09.02.2025

XIV-XV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA IJTIMOIY-SIYOSIY FIKRLAR RIVOJLANISHI

Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy fikrlar taraqqiyoti tahlil qilindi. О‘rta asrlarda Movarounnahrda bir qator ilm-fan rivojlanib taraqiy topdi. Bular qatorida tafsir (Qur’on sharhi) ilmi ham о‘zining taraqqiyot bosqichini bosib о‘tdi. XIV-XV asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksak darajada rivojlanganligi va o’sha davrda yashab ijod qilgan olimlarning ilmlariga to’xtalib o’tilgan.

1926
29.09.2023