Ushbu maqolada zardushtiylikning asosiy manbasi bo‘lgan avesto matnlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilk avesto matnlari bilan keyingi avesto matnlari solishtiriladi. Ilk avesto (gatik) matnlaridagi diniy qarashlar tahlil qilinib, bu matnlarda mavjud bo‘lgan monoteistik tamoyilning vaqt o‘tishi bilan so‘nggi avesto matnlarida uchraydigan politeistik unsurlarga qanday aylanganligi ko‘rsatilgan. Politeistik elementlarning kuchayishi ta'kidlangan. Axura Mazda markaziy xudo sifatida tasvirlangan boʻlsa-da, mitraizm, sifatlarga sigʻinish va boshqa eʼtiqod shakllarining zardushtiylikka taʼsiri haqida soʻz boradi. Bundan tashqari, ushbu jarayonning ijtimoiy, siyosiy va madaniy sabablariga e'tibor qaratiladi. Maqola “Avesto”ning tarixiy taraqqiyotini yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi.