ARISTOTEL VA SHARQ NATURFALSAFASI

Ushbu maqolada antik Yunonistonda tabiat falsafasining asoslanishi, xususan Aristotel naturfalsafasining asosiy jihatlari ko‘rsatilib, bunday qarashlar ilg‘or Sharq mutafakkirlarining ta’limotida yanada rivojlantirilishi ko‘rsatiladi. Aristotel va Al-Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi Sharq mutafakkirlarining naturfalsafiy qarashlaridagi umumiy xususiyatlar tahlil qilinadi.

234
24.03.2023

ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA “INOYAT” (العناية) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI

Ushbu tadqiqotda Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida “Inoyat” tushunchasi va bu Sharq peripatitik faylasuflarining izohlarida keltirilgan urg’ular tahlil qilindi. Inoyat tushunchasi Alloh, olam va inson o’rtasidagi munosabatlarni qamrab oluvchi atamadir. Abu Ali ibn Sino inoyat tushunchasini Xudodan paydo bo’lgan ezgulik tartibi sifatida baholaydi. Faylasuf bu atama oraqali dunyodagi ezgulik tartibiga e’tibor qaratadi. Forobiy “Inoyat”ni emanatsiya, yaxshilik-yomonlik va saodat nazariyasi doirasida baholaydi. Faylasuf emanatsiya nazariyasini ilohiy inoyat bilan izohlaydi. Chunki emanatsiya bilan mavjud bo’lgan dunyo ham Xudoning borligidan ulushga ega va o’z mavjudligini davom ettirish uchun ilohiy ixtiyorga muhtojdir. Shuning uchun emanatsiya inoyat doimiy ekanligini ko’rsatadi. Bundan tashqari, emanatsiya nazariyasi yovuzlikning mavjudligini tushunishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ibn Rushd esa inoyatni Allohning borligiga alohida dalil deb biladi. Butun olam Xudoning inoyati va saxiyligi bilan yaratilgan. Faylasuf bu g’oyani ifodalash uchun uzluksiz yaratilish atamasidan foydalanadi. Binobarin, Allohning olamga inoyati cheksiz va uzluksiz davom etadi. Faylasufning fikricha, inson olam bilan hamohangdir. Bu uyg’unlik Xudoning borligiga ishora qilishi inoyatning dalilidir.

136
24.03.2023