MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING “TA’VIZ UL-OSHIQIN” ASARIDA FALSAFIY GʻOYALAR: INSONNING TABIATI, AXLOQI VA JAMIYATDAGI OʻRNI

Ushbu maqolada biz Ogahiy Devonidagi insonparvarlik gʻoyalarini atroflicha ochib berishga harakat qilamiz. Chunki, insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan oʻrni falsafiy muammolar tizimida muhim oʻrin tutadi. Turli davrlar mobaynida, turli falsafiy taʼlimotlarda bu masalalar turlicha talqin qilib kelingan. Chunki inson mohiyati ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda oʻzligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini roʻyobga chiqarishga intilaveradi. Buyuk insonparvar mutafakkir Ogahiy ham mana shunday fikrlovchilarqatorida boʻlib, inson haqidagi gumanistik, maʼrifatparvar va demokratik konsepsiyalarning rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi. Shu jihatdan Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek oʻgʻli Ogahiyning sheʼriy ijodidagi insonparvarlik gʻoyalari va ulardagi ilmiy-falsafiy jihatlar yangi davr Markaziy Osiyo madaniyatining ajralmas qismi hioblanadi

404
29.04.2023