XALQARO HUQUQIY TA’LIM STANDARTLARI VA ULARNING MILLIY TA’LIM TIZIMIGA TATBIQI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Mazkur ilmiy ishda zamonaviy ta’lim jarayonlarini xalqaro me’yor va ko‘rsatkichlar asosida rivojlantirish hamda ularni mahalliy sharoitga moslashtirish masalalari tahlil qilinadi. Jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan huquqiy ta’lim yondashuvlari, jumladan, o‘quv dasturlarini kompetensiyaga asoslangan tarzda shakllantirish, akademik erkinlikni kengaytirish va ta’lim sifati monitoringini mustahkamlash mexanizmlari ilmiy jihatdan o‘rganilib, ular mahalliy ta’lim siyosatidagi islohotlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shu bilan birga, milliy huquqiy tizimni global standartlarga moslashtirishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari va bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning nazariy asoslari sifatida xalqaro tashkilotlarning ta’lim sohasidagi hujjatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va milliy qonunchilik talablari tahlil etilgan. Natijada, ta’lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali huquqiy sohada yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishishning konseptual yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.

46
18.10.2025

MARKAZIY OSIYO VA KO‘RFAZ ARAB DAVLATLARI MADANIY ALOQALARI (O‘MON SULTONLIGI MISOLIDA)

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi aloqalar tahlil qilinadi. Ayniqsa, Ummon Sultonligining neytral tashqi siyosat strategiyasi asosida mintaqaviy hamkorlikda tutgan o‘rni alohida o‘rganiladi.

254
23.05.2025

MUSTAQIL O‘ZBEKISTONNING TURKIYA BILAN IQTISODIY MUNOSABATLARI EVOLYUTSIYASI

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng Turkiya va Oʻzbekiston davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar oʻrganilgan.

435
05.06.2024

ИБН СИНОНИНГ ФАЛСАФИЙ АСАРЛАРИДА ИНСОН КАМОЛОТИ

Ушбу мақолада буюк Шарқ мутафаккири Абу Али ибн Синонинг нодир асарларида инсон камолоти, маданияти ва фалсафий мулохазасини юксалтириш каби масалалари ёритилган. Бугунги кундаги таълим соҳасидаги ислоҳатлар аждодларимиз ижодини ҳар томонлама чуқур изланишларга даъват этиб, миллий маънавий қадриятларимиз салмоғини юксалтирмоқда. Жумладан, Абу Али ибн Сино фалсафий мероси кўпқиррали бўлиб, уларни ўзаро қиёсий ўрганиш фуқаролик жамияти асослари яратилаётган ҳозирги тарихий босқичларда муҳим аҳамият касб этади.

502
05.06.2024