Ushbu maqolada Muhammad ibn Umar Faxiddin ar-Roziyning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan asarlari haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Faxiddin ar-Roziyning falsafa, mantiq va ilohiyotga oid asarlari O‘zbekistonda kam o‘rganilgani, qo‘lyozmalar fondidagi ayrim asarlar esa Osiyo va Yevropa sharqshunoslari tomonidan ham kam o‘rganilgani diqqatga sazovordir.