O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA AN’ANAVIY VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O’RNI
01:47 / 25.05.2023
299
Nurmuxammedova, Madina Akmalovna
Maqolaning pdf varianti

Bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, amaliyot nuqtai nazaridan kasb bo’yicha maslahat berish, o’qitish mazmuni va texnologiyasi yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun bu maqola talabalar bilan kasbga yo’naltirishning yangi shakllari, usullari va vositalari haqida ma’lumot beradi. Ushbu maqola “Maktab – Universitet –Korxona" integratsiyalashgan tizimida o’quvchilar bilan kasbga yo’naltirish bo’yicha ishlarda keng ko’lamli texnologiyalar va ularning optimal kombinatsiyasini taklif etadi. Bu muammoni o’rganishda yetakchi yondashuv an’anaviy va innovatsion usullardan foydalanish zaruriyatiga olib keladigan integrativ yondashuvdir.