MUHAMMAD ABU ZAHRA VA ZAHRAT-UT TAFSIR ASARI
10:16 / 14.12.2023
219
Isakdjanov, Ramzjon Raximjanovich; Pardayev, Abdurahim Chori o‘g‘li
Maqolaning pdf varianti

Ushbu maqolada Shayx Muhammad Abu Zahraning shaxsiyati haqida ya’ni bolalik davridan, umrining so‘ngiga qadar bo‘lgan davr yoritib berilgan. Muhammad Abu Zahra qayerda boshlang‘ich ta’limni olganligi, oliy ta’limni qayerda olganligi, mehnat faoliyati haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Muhammad Abu Zahraning ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yozilgan. Ayniqsa Muhammad Abu Zahraning tafsir ilmiga oid qarashlari hamda Zahrat’ut tafsir asarining yozilish tarixi, asar yozilishida foydalanilgan metod va metodikalar haqida alohida-alohida to‘xtalib o‘tilgan. Muhammad Abu Zahra tafsir ilmi rivojida tutgan o‘rni haqida xulosalar keltirilgan. Qur’on va tafsir Abu Zahraning hayotida hamisha bo‘lgan. Bu jarayon yoshligida Qur’onni yod olishdan boshlab, vafotigacha davom etgan. U fiqh ilmiga va fiqh darslariga ko‘proq vaqt ajratganligi tufayli tafsir ilmidan biroz uzoqlashgan bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan tafsir ilmiga oid konferensiya va majlislar orqali tafsirga bo‘lgan qiziqishi va tafsir ilmini o‘rganishni davom ettirgan. U kuchli faqih bo‘lishidan tashqari, «Livau’l-Islom» jurnalida oyat tafsirlariga yozgan maqolalari va radioda 40 dan ortiq oyat tafsirlariga oid chiqishlari bilan o‘zini yetuk Qur’on sharhlovchisi ekanligini isbotlagan. Qozilar Madrasasi Saroyidagi tafsir darslarini o‘tishga Abu Zahra tayinlangani tafsir ilmida u kishining tafsirda ilmida ham yetuk olimlardanligining isboti bo‘ladi.