Mazkur maqolada o‘zbek folklorshunosligining yirik namoyandasi Hodi Zarif (Hodi Tillaevich Zarifov) ilmiy merosining jahon folklorshunosligida o‘rganilishi, xorijiy olimlar tomonidan talqin etilishi va xalqaro ilmiy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri tadqiq etiladi. Olimning o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash, tizimlashtirish, matnshunoslik asosida tayyorlash, nashr etish hamda nazariy jihatdan o‘rganish borasidagi ilmiy faoliyati kompleks tahlil qilinadi.
Maqolaning pdf varianti