ERISOMATIN URUG’IGA MANSUB ERIOSOMA LANIGERUM HAUSM. SHIRASINING AYRIM BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
18:41 / 12.11.2022
273
G‘aniyev, Komolidin Xalilovich; Mirzaliyev, Abdujabbor Mamatyusuf o‘g‘li
Maqolaning pdf varianti

Maqola ayni kunlarda dolizarb muammo bo‘lib kelayotgan mevali daraxt zararkunandalari hisoblangan shiralarning bioekologik xususiyatlariga qaratilgan. Mazkur maqolada belgilangan hudud sharoitida E.lanigerum shirasining mavsumiy rivojlanishi, hayotiy sikli yani hududlar kesimida shiralarning muhit haroratiga bog’liq holda qishki qishlov bosqichidan chiqish muddatlari kabi xususiyatlari alohida tadqiq etilgan. Ushbu shira turi daraxtlarning rivojlanishi, mevalarning hosildorligi va sifatiga sezilarli darajada zarar yetkazadi. Ular olmalarning tanasida, yosh novdalarida, barglarida, o’suv qismlarida, uglevodlarni so’rib oziqlanadi. Shiralar bilan zararlangan ko’p yosh nihollar o’sishdan qolib quriydi. Hosilga kirgan daraxtlarning mevasi mayda ko’rimsiz, tarkibida qand moddasi kam bo’ladi. Farg’ona vodiysi sharoitida olmalarda 4 xil (Aphis pomi De Geer, Eriosoma lanigerium, Dezaphis affinis, Dezaphis Mali.) o’simlik shiralari zararkunandalik qiladi. Tadqiqotlarimiz davomida vodiy sharoitida zarar keltirish jihatidan E. lanigerium shirasi A.pomidan keying o’rinda turishligi yana bir bor o’z tasdig’ini topdi. Yuqoridagi holatni e’tiborga olgan holda, Eriosoma Lanigerum ning hayotiy sikli, biologiyasi va ekologik xususiyatlari qayd etib o’tilgn.