Barcha maqolalar

ZAMONAVIY YOSHLAR MEDIASAVODXONLIGINING MEXANIZIMLARINI SHAKLLANTIRISH KOMPONENTLARI

Ushbu maqolada zamonaviy yoshlar uchun mediasavodxonlikni shakllantirishning asosiy mexanizmlari va komponentlari tahlil qilinadi. Mediasavodxonlik – bu yosh avlodni axborotni tahlil qilish, saralash va undan mas'uliyatli foydalanishga o'rgatish imkonini beruvchi muhim ko'nikma hisoblanadi. Maqolada mediasavodxonlikning mohiyati, uni rivojlantirishdagi ta'limning o'rni, raqamli texnologiyalardan foydalanish va jamiyatdagi axborot madaniyatini shakllantirish jarayonlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, yoshlar o'rtasida soxta axborotlarga qarshi immunitetni oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va axborotni xavfsiz boshqarishga oid uslubiy tavsiyalar beriladi. Tadqiqotda media savodxonlikni shakllantirish bo'yicha xalqaro tajribalar va ilg‘or amaliyotlar misolida tahliliy yondashuv qo'llanilgan. Ushbu maqola axborot muhitida samarali harakat qilishga intilayotgan yoshlar, pedagoglar va tadqiqotchilar uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.

307
29.01.2025

YOSHLARNING ILMIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA ILM-FAN VA INNOVATSION FAOLIYAT

Maqolada yoshlarning ilmiy tafakkurini shakllantirishda ilm-fan va innovatsion faoliyatning o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berildi. Ilm-fan, madaniy rivojlanish taraqqiyoti kuchaygan sari insonni tarbiyalash, uning qalbini davolash zaruriyati dolzarb muamolardan biri hisoblanadi. SHuningdek, bugungi kunda innovatsion faoliyatni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

237
25.01.2025

AHMAD DONISH – O‘RTA OSIYODA MA’RIFAT ASOSCHISI

Tojik xalqining buyuk farzandi Ahmad Donish Buxoro amirligining qomusiy olimi, pedagog, islohotchi, olim, yozuvchi, faylasuf, mutafakkir, shoir, davlat arbobi bo‘lgan. XIX-asr oxiri- XX-asr boshlarida Ahmad Donish ijodi taʼsirida ziyolilarning ilgʻor qismining uygʻonishi nafaqat Buxoro amirligida, balki Oʻrta Osiyoda ham oʻz oʻrniga ega boʻldi. Ularning asosiy g‘oyasi hukmron tabaqadan va byurokratik apparatdan oddiy mehnatkash xalqqa nisbatan o‘zboshimchalikni cheklashni, iqtisodiyot, fan va madaniyatni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish, ta’lim tizimini isloh qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o‘zboshimchaliklarini ta’minlashni talab qilish edi. Buxoroning nochor fuqarolariga nisbatan elementar va demokratik huquqlar va boshqalar... Shu bois Ahmad Donisha shaxsi va uning ijodi tariximizning sahifasilarida yorqin o‘rin tutadi.

392
25.01.2025

MAKTABDA RUS TILI O‘QITISHDA FORMATIV BAHOLASH TEXNOLOGIYASI.

Baholash o'quvchiga kuchli va ko'p qirrali ta'sir sifatida qaraladi. Bu ta'lim faoliyatining borishiga, muvaffaqiyatga, motivatsiyaga va bolaning ma'lum shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga ta'sir qiladi. Pedagogika tarixida baholash komponenti turli xil talablarga ega bo'lgan: jismoniy jazodan tortib, umuman baholanmaslikgacha.

165
17.01.2025

ONLAYN TA’LIMDA SOTSIALIZATSIYA VA IJTIMOIY ALOQALARNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Mazkur maqolada onlayn ta’limning ijtimoiy jihatlaridagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari chuqurroq tahlil qilinadi. Shuningdek, onlayn ta’limning afzalliklari ilmiy asoslanib, mavjud muammolarni hal qilish chora-tadbirlari nazariy izohlanadi.

203
17.01.2025

FRANSIYANING YEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARI BILAN MIGRATSION MASALALAR BORASIDAGI HAMKORLIK TARIXI. SHENGEN KELISHUVI

Ushbu maqolada, Fransiyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan migratsion masalalar borasidagi hamkorligi tarixi va Shengen kelishuvining o‘rni va ahamiyati batafsil yoritiladi.

150
17.01.2025

АМИР ТЕМУР ВА ТЕМУРИЙЛАР ТАРИХИ МАНБАЛАРИ ҲАҚИДА ИККИ ОҒИЗ МУЛОҲАЗА

Юртимиз тарихини – юридик ҳужутлар, элчилар ва савдогарларнинг эсдаликлари ва қўлёзма китобларсиз ўрганиб бўлмайди. Улуғ аждодларимиз Амир Темур ва темурийлар даври тарихи манбаларга бой. Уларнинг ичида ўта кимматли ва олий даражадагилари ҳам кўп. Улардан муҳимларига қисқа тарзда тўхталиб ўтамиз.

260
17.01.2025

2017-2024- YILLARDA SURXОN VОHАSI EKОLОGIYАSI: QILINGАN ISHLАR VА NАTIJАLАR

Mаqоlаdа Уаngi О‘zbekistоndа Surxоndаrуо vilоуаtidа ekоlоgik vаziуаtni уаxshilаsh bоrаsidа аmаlgа оshirilgаn ishlаr vа ulаrning nаtijаlаri tаhlil qilingаn. Shuningdek, sоhаdа mаvjud muаmmоlаr vа ulаrni bаrtаrаf qilish уо‘llаri bо‘уichа tаkliflаr berilgаn.

162
16.01.2025

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA GASTRONOMIC ATAMALAR TADQIQI

Ushbu tadqiqot ingliz va o’zbek tillaridagi gastronomic terminologiyaning lingvistik va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Unda oziq-ovqat an’analari, qadriyatlar va hayot tarzi, qanday aks etishini tahlil qilib, gastronomik ifodalarni shakllantirishdagi madaniy kontekstning o’ziga xos jihatlariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot palov va somsa kabi o’zbek taomlarini pie va pudding kabi ingliz taomlari bilan qiyoslaydi hamda lingvistik va madaniy farqlarni ko’rsatadi. Shuningdek, globallashuvning ikki til orasidagi oshxona atamalarining almashinuvida qanday rol o’ynashi o’rganiladi. Topilmalar madaniyatlararo muloqotni tushunishga va oziq –ovqatning o’zaro hurmatni rivojlantirishdagi ahamiyatni ochib beradi.

209
16.01.2025

MITRA XUDOSI VA UNING MODDIY MADANIYATDA IFODALANISHI

Ushbu maqolada qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik davrigacha bosh xudo vazifasini bajargan quyosh xudosi Mitraning “Avesto”da, me’morchilik obidalari va moddiy madaniyatda ifodalanishi hamda diniy qarashlardagi o’rni haqida so’z yuritiladi.

226
16.01.2025

KO‘HITANG TOG‘ OLDI QISHLOQLARIDA UY-JOYLAR QURILISHINING SHAKLLANISHI VA TURLARI

Maqolada Surxon vohasining ajoyib maskanlaridan biri bo’lmish Ko’hitang tog’ oldi qishloqlari va u yerdagi uy-joylarning qurilish usullari,uy-joylarning turlari haqida so’z boradi.

136
16.01.2025

KECHA VA KUNDUZ ASARIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING STILISTIK XUSUSIYATLARINI KRISTOFOR FORT TARJIMASIDA AKS ETTISHI

Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida turli stilistik vositalar, ibora(frazeologik birlik)lar, tasviriy vositalar va boshqa badiiy unsurlardan juda keng foydalanilgan bo‘lib, ularni tarjima qilishda Xristofor Fort qanday tarjima usullaridan, strategiyalardan foydalanganini o‘rganib chiqib, ba’zi o‘rinlarda o‘z tomonimizdan qilingan tarjima variantlarini ham taklif etilgan.

230
05.01.2025