Ushbu maqolada matematik masalalar: ifodalarni soddalashtirish, ayniyat va tengsizliklarni isbotlashda hosiladan foydalanib yechish usuli ko’rsatilgan. Bu usul klassik usullardan ancha qulayligi misollar yordamida ko’rib o’tilgan.
Ushbu maqolada matematik masalalar: ifodalarni soddalashtirish, ayniyat va tengsizliklarni isbotlashda hosiladan foydalanib yechish usuli ko’rsatilgan. Bu usul klassik usullardan ancha qulayligi misollar yordamida ko’rib o’tilgan.
Ushbu maqolada ketma-ketlikning biror hadidan boshlab keyingi barcha hadlari o‘zidan oldingi keluvchi hadlari bilan ifodalash mumkin bo‘lsa, bunday ketma-ketliklar qaytadigan yoki rekkurent ketma-ketliklar deyiladi. Rekkurent so‘zi yunoncha recurrere – qaytmoq so‘zidan olingan. Rekkurent formula analizning bir qancha nazariy va amaliy sohalarida ko‘p qo‘llaniladi. Biz rekkurent formula bilan hisoblanadigan aniq integrallarni ko‘rib chiqamiz.
Ushbu maqolada pedagogikada ta’lim turlari va tasnifi, ta’lim maqsadlari muhokama qiladi. Taksonomiyaga umumiy tushuncha berish orqali uning pedagogikada qo’llash usullari haqida ma’lumot beradi.
Ушбу мақолада инсоннинг ҳайвонот оламига антропик ва антропоген таъсирларига, ўсимликлар ва ҳайвонот оламининг биосферада моддалар айланма ҳаракатини таъминловчи катта биологик хилма-хиллик эканлигига тўхталиб ўтилган. Мақолада инсониятнинг олдида охири ҳалокатли тугаши мумкин бўлган бир қанча табиий офатларга ечим топиш масаласи турганлигига эътибор қаратилган.
Ushbu maqolada XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahvol, tarixiy shart-sharoitlar, ma’rifatparvarlik harakati, jadidchilik, mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashining ma’naviy asoslari masalalariga to’xtalinadi.
Ushbu maqolada Surxon-Sherobod vohasi qadimdan qurilish sohasida o`ziga hos uslub va an`analarga ega holda rivojlanib kelganligi, bu marosimlarda qishloqning kattayu kichigi faol ishtirok etishganligi, marosimlar markazida Qishloq oqsoqollari bosh bo`lishganlari yuzasidan qiyosiy tahlillar berilgan. Albatta, bu ishtirokchilar ajdodlar taomillariga to‘liq amal qilgan holda ish yuritishgan. Uy-joy qurishda tog` qishloqlari aholisi hashar bilan uylarni qurishgani, barcha keluvchilar o`zlari bilan bittadan tosh olib kelishgani, uyni birinchi toshini uy egasi qo`ygani O‘rta Osiyoning boshqa mintaqalarida bo‘lganidek, bu yerda ham o`ziga hos qurilish uslubi va ashyolaridan foydalanilgan. Yilda bir marotaba tomlar usti loy bilan suvalgan. Uy-joy qurilishida va qurilgandan so`ng turli marosimlar o‘tkazilganligi qiyosiy tahlillar bilan berilgan.
Maqolada marginallashuv hodisasining tarixi, sabablari, mazmun mohiyati va ta’siri atroflicha ochib berilgan. Uning jamiyat hayotiga ta’siri bugungi globallashuv sharoiti doirasida ko’rib chiqilgan. Dunyodagi ijtimoiy-madaniy sohadagi integratsiyalashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini izdan chiqishiga olib keluvchi va media vositalari yordamida ta’sir o’tkazuvchi ma’naviy marginallashuvning salbiy oqibatlari haqida so’z borgan.
Mazkur maqolada ta`lim dargohlarida musiqa ta’limi fanlarini zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitilishini samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Xususan, Sibelius nota muharririning o‘qituvchi va talabalar faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqilgan.
Ushbu maqola kam komplektli umumta’lim muassasalarida (tog‘li, cho‘lli hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari misolida) boshlang'ich sinflarni to'liq sinflarga qamrab olish, o’quv jarayonini tashkil etish hamda bunday muassasalaridagi ta’limning an'anaviy ta’limga nisbatan bir qator afzalliklari va kamchiliklarini yoritishga bag’ishlanadi.
Ushbu maqola atoqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning ijtimoiy faoliyati va ijtimoiy qarashlarida ma’rifatparvarlikning o’rni, shuningdek, uning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida keltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga oid qarashlari, ta’lim-tarbiyaning millat ma’naviyati, ma’rifatini yuksaltirishdagi ahamiyati va kelajak avlodni, millatni ma’naviyatli, ma’rifatli, komil qilib tarbiyash kabi masalalarning qisqacha tahliliga bag’ishlanadi.
Maqolada ingliz tilini chet tili sifatida o'qitishning hozirgi holatining sabablarini qisqacha o'rganish va kamchiliklarni bartaraf etishda yordam berishi mumkin bo'lgan qisqacha nazariy qo'llanmani taklif qilishga harakat qilinadi.
Ushbu maqolada boshlang'ich sinfda rus tili darslarida ijodkorlikni rivojlantirish xususiyatlari ochib beriladi hamda ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan rus tili darslarida turli xil o‘qitish usullari muhokama qilinadi.