Barcha maqolalar

MUHAMMAD SOLIH KASHFIY VA TERMIZ ADABIY MUHITI

Maqolada Termizning bezavol qal’alari bo‘lgan buyuk namoyandalari haqida so‘z yuritilib, shu bilan birgalikda Termiz madaniy muhiti, tarixi, adabiy muhitining vakillari, turli yunalishlarda ijod qilgan mutafakkirlar hayoti, termizlik va termiziy nisbasi bilan ilmiy-adabiy faoliyat olib borgan zotlar nomi haqida ma’lumot beriladi. Shu bilan birgalikda Termiz tarixi va adabiy muhiti borasida olib borlgan tadqiqotlar sanab o‘tiladi, termiziyshunos olimlarning asarlari qisqacha tahlil etiladi. Jumladan Termiziy nisbasi bilan ijod qilgan, asli Termiz sayyidlaridan bo‘lgan Muhammad Solih Kashfiy Termiziy hayoti va merosi borasida ilmiy mulohazalar yuritiladi. Kashfiy Termiziydek shoir voyaga yetishishida Termiz adabiy muhitining vakillari ta’siri ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.

290
09.06.2023

RAQAMLI JAMIYATDAGI INSON: FALSAFIY AKS ETTIRISH TAJRIBASI

Maqola raqamli ijtimoiy haqiqat va raqamli kundalik hayotni o'rganishning uslubiy muammolariga bag'ishlangan. Zamonaviy jamiyatda raqamli texnologiyalar davlatni, tashkilotlarni, shaxslarni eng murakkab texnik ob'ektga bog'lab, ijtimoiy munosabatlarning butun majmuasiga vositachilik qiladi. Konvergent texnologiyalarni birlashtirgan yangi texnologik paradigma insonning jismoniy, kundalik hayoti va ijodi manzarasini tubdan o'zgartiradi. Narsalar Internetiga o'tish va insonning o'zini o'zi takomillashtirish amaliyoti insonning mohiyati va chegaralarini aniqlashning antropologik usullari uchun qiyinchilik tug'diradi. Kundalik muammolar uchun yangi raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, raqamli jamiyatdagi shaxslar ijtimoiy tajribani to'plash va tarqatish, texnologik begonalashuvni bartaraf etish orqali ishlab chiquvchi tomonidan belgilab qo'yilgan qo'llash doirasini kengaytiradigan va o'zgartiradigan avvalgisidan muntazam foydalanadilar.

300
09.06.2023

ERKINLIK TUSHUNCHASINI TRANSFORMATSION XUSUSIYATINI IKKI DAVR О‘RTASIDAGI DIFFERENSIATSIYASINI SOTSIOLOGIK SО‘ROVNOMA ORQALI TAHLILI

Maqolada antik davr faylasuflarining turli talqinga ega erkinlik tо‘g‘risidagi fikrlari bilan hozirgi zamon qarashlari taqqoslash uchun sotsiologik tadqiqot natijalari berilgan. Jumladan, solishtirish jarayonida ularning fikrlarini aloqadorligidan tashqari va bir-birlaridan farq qiluvchi, ya’ni differentsiatsion taraflari kо‘rib chiqilgan. Ko’pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkinlik tushunchasini bir yoqlamali tariflashning iloji mavjud emas, uning ilk talqinlari ildizi antik davrga borib taqalib, ularni barcha nuqtayi nazarlarning asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ushbu maqolada ko’rsatilgan tadqiqot ishida esa sotsiologik sо‘rovnoma orqali bu tezislarni asoslashga harakat qilingan. Tadqiqot natijalari umumlashtirilib, erkinlik hozirgi kunda ham dolzarb muammoligi asoslangan.

259
09.06.2023

MARTIN XAYDEGGER FALSAFASIDA VA MAVJUDLIK TUSHUNCHASI TAHLILI.

Keyingi maqola Martin Xaydegger falsafasi nuqtai nazaridan mavjudlik tushunchasiga bag'ishlangan. Ekzistensial falsafaning markaziy kategoriyasi mavjudlikdir.

423
09.06.2023

TERMIZ QOZONLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O’rta asrlarda Termiz xududidan topilgan qozonlar o’zining sifati bilan ajralib turadi. Har bir mahsulot sifatli ishlangan. Bu ushbu mahsulot boshqa shahar va davlatlarga eksport qilinganligidan dalolat beradi. Ushbu maqolada Termiz hududidan topilgan qozonlar turlari haqida ma’lumot berilgan.

220
09.06.2023

TATYANA GUROVANING “BIZ BOSHQACHAMIZ”MAQOLASI HAQIDA

Mazkur maqolada rus yozuvchisi va Rossiyada chiqadigan “Ekspert” jurnalining bosh muharriri tatyana Gurovaning falsafiy tahlillari va kelajak uchun bergan mulohazalari bayon etildi.

250
08.06.2023

CHET TILNI O'YINLAR ORQALI O'RGANISH

Ushbu maqolada muallif o'yinlarni chet tillarini o'rgatishning kaliti sifatida tasvirlashni maqsad qilgan, o'yinlar talabalarga chet tilini o'zlashtirishga qanday yordam berishini, ular qanday funktsiyalarni o'ynashini va qaysi o'yinlarni eng ko'p sinf faoliyati sifatida taqdim etishi mumkinligini ko'rib chiqdi.

332
01.06.2023

O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA AN’ANAVIY VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O’RNI

Bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, amaliyot nuqtai nazaridan kasb bo’yicha maslahat berish, o’qitish mazmuni va texnologiyasi yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun bu maqola talabalar bilan kasbga yo’naltirishning yangi shakllari, usullari va vositalari haqida ma’lumot beradi. Ushbu maqola “Maktab – Universitet –Korxona" integratsiyalashgan tizimida o’quvchilar bilan kasbga yo’naltirish bo’yicha ishlarda keng ko’lamli texnologiyalar va ularning optimal kombinatsiyasini taklif etadi. Bu muammoni o’rganishda yetakchi yondashuv an’anaviy va innovatsion usullardan foydalanish zaruriyatiga olib keladigan integrativ yondashuvdir.

375
25.05.2023

АБДУРАҲМОН АБУЗАЙД ИБН ХАЛДУННИНГ ҲАЁТИ ВА ФАОЛИЯТИ ҲАҚИДА МУЛОҲАЗАЛАР

Мазкур мақолада араб мутафаккири Абдураҳмон Абузайд ибн Халдуннинг ҳаётий фаолияти ёритилган. Мақолада Абдураҳмон Абузайд ибн Халдуннинг ҳаёти ва фаолияти мутафаккирнинг асарлари ҳамда хорижий тадқиқотчиларнинг тадқиқотлари асосида таҳлили қилинган.

507
14.05.2023

ВЕНЧУР КАПИТАЛНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИ РАҒБАТЛАНТИРИШ БЎЙИЧА ДАВЛАТ ДАСТУРЛАРИ ТАҲЛИЛИ

Бу мақолада венчур капиталининг афзаллиги, функциялари ва ўзига хос хусусиятлари назарий жиҳатдан тадқиқ қилинди. Унинг мамлакатимиз қитисодиётидаги аҳамияти ва бу борадаги давлат дастурлари ўрганилди.

308
10.05.2023

O‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘qituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘rni masalalariga to’xtalinadi. Pedagogik faoliyat subyekti bo‘lgan o‘qituvchi shaxsiga xos psixologik xususiyatlari yoriladi.

967
05.05.2023

PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada o‘qituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘rni, pedagogik faoliyatda, shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muloqot ko‘nikmalari, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifatlarini tarbiyalash xususida to’xtalindi. Shu boisdan bu mavzu tadqiqotchilar, tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar uchun muhim ahamiyatga ega.

1112
05.05.2023