Barcha maqolalar

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA TA’LIM SOHASIGA OID TERMINLARNING CHOG’ISHTIRMA TAHLILI

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ta’lim sohasiga aloqador bo’lgan termin va tushunchalar qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, sohaga oid adabiyotlar va ularda keltirilgan ilmiy mulohazalar tadqiq qilingan.

904
11.06.2024

FORS TILIDA RAVISH SO‘Z TURKUMIGA MANSUB ARABCHA O‘ZLASHMALAR TAHLILI (SAMAD BEHRANGIYNING "ماهی سیاه کوچولو" HIKOYASI ASOSIDA)

Ushbu maqolada zamonaviy fors adabiyotining taniqli namoyandasi sanalgan Samad Behrangiyning "ماهی سیاه کوچولو" asaridagi ravish so‘z turkumiga mansub arabcha o‘zlashmalar o‘rganib tadqiq etildi. Asardan arabcha o‘zlashma ravishlar va fors tilida ravishlashgan o‘zlashmalar ajratib olingach, ularning yasalish va struktur jihatdan tasnifi amalga oshirildi.

631
08.06.2024

ISTIORA TAMSILIYA – TASVIRIY METAFORA

Ushbu maqolada arab xalqining o ‘ziga xos notiqligini aks ettiruvchi, arab tilshunosligining yetakchi bo‘limlaridan biri balog‘at ilmiga, xususan, arab balog‘atining barcha zamonu makonlarda eng mashhur usullaridan biri bo'lib kelgan istioraning lingvopoetik xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda arab balog‘ati, uning paydo bo‘lishi haqida umumiy tushuncha va ta’riflar berilgan.

814
05.06.2024

KOMPENSATOR KOMPETENSIYANI O'ZLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada mahalliy va xorijiy tilni o'rganish muhokama qilinadi - bu ijtimoiy o'zaro ta'sir va muloqotda namoyon bo'ladigan shaxsiy ehtiyoj. Muloqotning muvaffaqiyati nafaqat ma'ruzachining aloqa o'rnatish istagiga, balki nutq niyatini amalga oshirish qobiliyatiga ham bog'liq bo'lib, bu til birliklarini bilish darajasiga va ularni muayyan muloqot sharoitida ishlatish qobiliyatiga bog'liq. Shu bilan birga, tilning alohida elementlarini bilishning o'zi "tilni muloqot vositasi sifatida bilish" tushunchasiga bog'lab bo'lmaydi). Tilni bilishning ushbu shartlari kommunikativ lingvistika va lingvodidaktikaning markaziy kategoriyalaridan biri sifatida ilgari surilgan kommunikativ kompetentsiyaning mohiyatini tashkil etadi.

652
05.06.2024

MUSTAQIL O‘ZBEKISTONNING TURKIYA BILAN IQTISODIY MUNOSABATLARI EVOLYUTSIYASI

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng Turkiya va Oʻzbekiston davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar oʻrganilgan.

620
05.06.2024

BO'LAJAK CHET TILI O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA IXTISOSLASHTIRILGAN FANLARNI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: O'ZBEKISTONDAGI TA'LIM TIZIMI MISOLIDA

Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlashda ixtisoslashtirilgan fanlarni o‘qitish til bilimiga ega va individual o‘qitish malakasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mavjud metodologiyalar ko‘rib chiqiladi, kamchiliklar aniqlanadi va takomillashtirish strategiyalari, texnologik yutuqlarni integratsiyalashuvi, fanlararo yondashuvlar va faol o‘qitish usullari taklif etiladi. Ushbu metodikalarni takomillashtirish orqali O‘zbekistonda o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlari zamonaviy til ta’limi talablariga javob beradigan o‘qituvchilarni yaxshiroq tayyorlashi mumkin.

562
05.06.2024

ИБН СИНОНИНГ ФАЛСАФИЙ АСАРЛАРИДА ИНСОН КАМОЛОТИ

Ушбу мақолада буюк Шарқ мутафаккири Абу Али ибн Синонинг нодир асарларида инсон камолоти, маданияти ва фалсафий мулохазасини юксалтириш каби масалалари ёритилган. Бугунги кундаги таълим соҳасидаги ислоҳатлар аждодларимиз ижодини ҳар томонлама чуқур изланишларга даъват этиб, миллий маънавий қадриятларимиз салмоғини юксалтирмоқда. Жумладан, Абу Али ибн Сино фалсафий мероси кўпқиррали бўлиб, уларни ўзаро қиёсий ўрганиш фуқаролик жамияти асослари яратилаётган ҳозирги тарихий босқичларда муҳим аҳамият касб этади.

791
05.06.2024

О‘ZBEK TILIDA ZAMОNNING IFОDALANISHI

Bu maqolada o’zbek tilida vaqt tushunchasining ifodalanishiga oid mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, ushbu masala tadqiqotchilarning mavzuga oid olib borgan izlanishlari hamda o’zbek adabiyotining mashhur asarlari asosida yoritib berilgan.

751
05.06.2024

QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDA ILONLAR VA AJDARLAR OBRAZI

Ushbu maqolada Qadimgi Baqtriya hududida xususan, Shimoliy Afg’onistonda olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida topilgan minglab muhr va tumorlarda ifodalangan tasvirlar orasida muhim ahamiyat kasb etadigan ilonlar va ajdarlar obrazi va bu obrazlar o’rtasidagi farqli mifologik tushunchalar haqida so’z yuritiladi.

686
22.05.2024

TARJIMANING PRAGMATIK JIHATI

Matn tarjimasi, o‘zining ichki tabiati va xususiyatiga ko‘ra, shubhasiz, ko‘plab sohalarning bir qismini ifoda etadi. Ana shunday sohalardan biri pragmatika bo‘lib, u tarjima jarayonining borishi hamda natijasiga ta’sir qilish zarurati hisoblanib, tarjimaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Tarjima va pragmatika o‘rtasidagi aloqa anglashilmas darajada namoyon bo‘lib, bu ikki sohani yaqindan o‘rganish ularning ahamiyatli tomonlarini namoyon qiladi.

790
22.05.2024

FА-SZАN FALSAFIY QARASHLARINING XITOY BUDDAVIYLIGI TA’LIMOTIDAGI O’RNI

Ushbu maqolada Xitoy buddaviyligi Xuayan maktabi asoschisi Fа-szаnning falsafiy qarashlari va ta’limoti haqida mulohaza yuritilgan. Shuningdek, Xuayan maktabining Xitoy buddaviyligi falsafiy tafakkuri rivojiga ta’siri bayon qilingan.

617
22.05.2024

IBN XАLDUN MА’NАVIY MERОSIGA DOIR MULOHAZALAR

Mazkur maqolada Abu Zayd Abdurahmon ibn Xaldunning ma’naviy merosiga doir ma’lumotlar tahlil qilingan. Maqolada mutafakkirning “Kitab ul-Ibar”, “Muqaddima” va boshqa asarlari haqida mulohaza yuritilgan.

922
11.05.2024