Мақолада электрон китобларнинг ўзига хос ютуқлари, Шу ўринда ўсиб келаётган ёш авлодни китоб мутолаасига чорлаш ва китобхонлик маданиятини юксалтириш,уларнинг бўш вақтини мазмунли ўтказиш, илм-маърифатини янада бойитиш каби жиҳатлар ўрганилган.
Мақолада электрон китобларнинг ўзига хос ютуқлари, Шу ўринда ўсиб келаётган ёш авлодни китоб мутолаасига чорлаш ва китобхонлик маданиятини юксалтириш,уларнинг бўш вақтини мазмунли ўтказиш, илм-маърифатини янада бойитиш каби жиҳатлар ўрганилган.
Ushbu maqolada axborot har qanday jamiyat, millat taqdiri va kelajagini o’zgartirib yuborishga qodir bo’lgan kuchli vositaga aylanib borayotganligi tahlil qilingan. Bugungi kunda virtual olam ta’sirida turli qadriyat va an’anaga ega jamiyatlar madaniy sohasida universallashuv jarayoni yuzaga kelayotganligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan.
Maqola buyuk mutafakkirlardan biri Ibn Sinoning ilmiy ijodi tadqiqiga bag‘ishlangan. Tasavvuf ta’limoti tarixida o‘zining munosib o‘rnini egallagan komil inson tahlili asosida olimning so‘fiyona qarashlari yoritildi.
Бугунги глобаллашув жараёнида инсон қадри масаласи тобора долзарблик касб этиб бормоқда. Зеро инсон қадрини улуғлаш, унинг жамият ҳаётидаги роли жуда катта аҳамият касб этмоқда
Ushbu maqolada turk tili va o‘zbek tilining xorazm shevasi o’rtasidagi isimlar so’z turkumiga oid so’zlardagi o‘xshashliklar va ularning o‘zbek tilining qolgan lahjalaridan ayiruvchi xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tilgan hamda ularga bir qator misollar keltirilgan. Ba’zi bir jihatlariga ko‘ra xorazm shevasi o‘zbek tilining boshqa lahjalariga mansub shevalaridan ko‘ra turk tilida yaqinligi seziladi. Xorazm shevasining o‘zbek tilidagi qolgan shevalardan farqliligini ko‘rsatuvchi, turk tilida ham bir xil ma’noni anglatuvchi so‘zlar talaygina. Dunyoning barcha til va shevalarida bo‘lgani kabi o‘g‘uz guruhiga mansub til va sheva hisoblanuvchi turk tili va o‘zbek tilining xorazm shevasida ham ularni qolgan tillardan ajratib turuvchi ot, sifat, son, ravish, fe’l so‘z turkumlariga oid so‘zlar va so‘z birikmalari mavjud. Turk tili va o‘zbek tilining xorazm shevasidagi ma’nodosh va bir xil bo‘lgan so‘zlari qatoriga qarindosh-urug‘chilik (dayı), arxitektura (dalan), inson tana a’zolari (dudak), tibbiyot (öksürük) va boshqa ko‘plab sohalardan misol keltirish mumkin. Turk tilida va xorazm shevasida qo‘llaniluvchi so‘zlarning ba’zilari turk tilida ko‘plab va xilma-xil ma’nolarni ifodalagan holda xorazm shevasida aniq bir ma’noni ifodalashi va yoki buning aksi kuzatilishi ham mumkin. Turk tili va xorazm shevasidagi ma’nodosh so‘zlar orasida talaffuzda bazi bir farqliliklar mavjud. Bunday farqlar asosan –e va –a tovushlarining hamda –u va –o tovushlarining o‘z o‘rnini ikkinchisiga bo‘shatib berishi bilan bog‘liq. Ba’zi so‘zlar o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lsada amalda muomalada faqat xorazm vohasida saqlanib qolingan va ularning turk tilida ham bir xil shakldagi ma’nodoshlari mavjud.
Ushbu maqolada Qadimgi Baqtriyadagi, xususan, Shimoliy Afg‘onistondagi minglab qabrlardan talon-taroj qilish natijasida topilgan noyob tasvirlarga ega qadimiy gliptika va sfragistikaning bebaho kolleksiyalari, muhr va tumorlarda tasvirlarning shakllanishi, ularning muhrlar tasvirlari bilan o‘xshashliklari va farqlari tahlil qilingan. Sopollitepa madaniyatining tumorlari muhokama qilinadi.
Таълим ҳар томонлама тараққий этаётган бугунги кунда таълим муассасаларида таълим-тарбия сифатини ошириш ва бунда илм-фан, техника тараққиётидан кенг фойдаланиш, фойдаланганда ҳам унумли ва тушунган ҳолда фойдаланиш, эгалланган компетенцияларни ҳаётда, амалиётда қўллай олиш муҳим аҳамият касб этади.
Ushbu maqolada ekologik barqarorlikni ta’minlashning umumiy va zarur jihatlari, atrof- muhit va biologic xilma – xillikni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning mamlakat ekologik barqarorligiga ta’sirini O’zbekiston va Xalqaro tajribalarni o’rgangan holda ochib berishga qaratilgan.
Ushbu maqola metafizika nima, ya'ni tabiatdan tashqaridagi mavjudlik g'oyalari va ularning mantiqiy tahlili haqidagi falsafa tarixidagi eng murakkab savollarga bag'ishlangan. Bu murakkab ta’limotni ishlab chiqqan va mantiq usulini qo‘llagan Ibn Sino edi. Ko‘pgina G‘arb olimlari Ibn Sino merosini bir ovozdan e’tirof etishgan. Uning metodologiyasi turli yo'llar bilan baholangan. Ushbu maqola ushbu yondashuvlarni tavsiflaydi. Ibn Sinoning ilohiyot masalalariga mantiqiy yondashuvini o‘rganish zamonaviy islom falsafasining eng muhim tadqiqotlaridan biridir. Chunki din va falsafaning sintezi masalasi munozaralarga sabab bo‘lgan. Ibn Sino kashfiyoti hamon inson aqlini idrok etishning cheksizligining namunasidir.
Mazkur maqolada pushtu tilini o’qitishning asosiy xususiyatli morfoligiya misolida tahlil qilib o’tildi. Pushtu tili ilk marotaba Afg‘onistonda 1936-yili davlat tili sifatida e’lon qilingan bo‘lib, hozirgacha mamlakatning ikki rasmiy tillaridan (pushtu va dariy) biri hisoblanadi.
Ushbu maqolada O’rta Osiyodagi Yunon-baqtriya, Parfiya va boshqa davlat uyushmalaridagi boshqaruv shakllari to’g’risida fikr-mulohazalar keltirilgan. Ushbu davlatlardagi boshqaruvning o’zaro o’xshash va bir-biridan farqli jihatlari qiyosiy tahlil qilingan.
Ushbu maqolada sobiq sovet ittifoqi davrida Surxondaryo viloyatidagi madaniyat muassasalarining faoliyati yoritilgan. Shuningdek, madaniyat muassasalarining faoliyatida sobiq tuzum mafkurasini targ’ib qilishning ahamiyati borasida xulosalar qilingan.