Barcha maqolalar

КИЧИК БИЗНЕС СУБЪЕКТЛАРИ ФАОЛИЯТИГА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ЖОРИЙ ЭТИШ

Мақолада кичик бизнес субъектлари фаолиятида инновацион технологияларни қўллашнинг долзарб масалалари тадқиқ этилган. Инновацион технологияларнинг кичик бизнес ривожланишига таъсири ва самарадорлигини ошириш йўллари кўриб чиқилган.Кичик бизнесда рақамли технологияларни қўллашнинг асосий йўналишлари - электрон савдо, CRM ва ERP тизимлари, булутли хизматлар, онлайн банкинг, автоматлаштириш тизимлари самарадорлиги асосланган. Тадқиқот натижалари асосида кичик бизнесни инновацион ривожлантириш бўйича амалий тавсиялар ишлаб чиқилган.

375
17.11.2024

RAQAMLI IQTISODIYoT, AI VA ISHLAB CHIQARISH ISHLAB CHIQARISH O'RTASIDAGI ALOQA

Raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt (AI) va istiqbolli ish o'rinlari o'rtasidagi bog'liqlik tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki texnologik taraqqiyot global iqtisodiyotni qayta shakllantirmoqda. Internet, katta ma'lumotlar va avtomatlashtirishning o'sishiga asoslangan raqamli iqtisodiyot sanoatni o'zgartirishda kuchli vosita sifatida sun'iy intellektning paydo bo'lishini katalizladi. AI texnologiyalari korxonalarga operatsiyalarni optimallashtirish, qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilash va mijozlar tajribasini yaxshilash, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish imkonini beradi. Biroq, bu o'zgarish maxsus ko'nikmalar va tajribalarga yangi talablarni keltirib chiqaradi va yangi avlod ish o'rinlari uchun yo'l ochadi. Bularga yuqori darajadagi texnik bilim va moslashuvchanlikni talab qiluvchi sunʼiy intellektni rivojlantirish, maʼlumotlar fani, mashinalarni oʻrganish, kiberxavfsizlik va raqamli marketingdagi rollar kiradi. AI rivojlanishda davom etar ekan, mehnat bozori ijodkorlik, muammolarni hal qilish va odamlarning murakkab o'zaro ta'sirini ta'kidlaydigan, avtomatlashtirishni inson tajribasi bilan muvozanatlashtirgan ishlarga o'tish bilan moslashishi kerak. Ushbu munosabatlarni tushunish siyosatchilar, biznes va ishchilar uchun tez raqamlashtirilayotgan dunyoda ish kelajagini boshqarish uchun juda muhimdir.

382
17.11.2024

9-10 ASRLAR IJTIMOIY-FALSAFIY JARAYONLARNING ABU NASR FOROBIY ILMIY-FALSAFIY QARASHLARIGA TA'SIRI.

Jahon mamlakatlari taraqqiyotida ilm-fan muhim o‘rin tutayotgan bir paytda tarixiy mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoning turli nuqtalarida sodir bo‘layotgan voqealar, qolaversa, globallashuvning shiddatli o‘zgarishi ortidan yuzaga kelayotgan ma’naviy va ma’naviy tahdidlarga qarshi ilm-fanni chuqur singdirish orqali yoshlarda mustahkam immunitetni shakllantirish zaruratida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy falsafiy antropologiya asosida inson, axloq, adolat, baxt, insonparvarlik, tinchlik, ma’rifat kabi qarashlardan foydalanish faraz qilinadi.

355
17.11.2024

SURXON VOHASINING QADIMIY GAZARAK QISHLOG’I ZIYORATGOHLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ E’TIQODIY QARASHLAR XUSUSIDA

Maqolada Shimoliy Surxon vohasidagi , xususan Sariosiyo tumani Gazarak qishlog‘idagi ziyoratgohlar va ular bilan bog’liq e’tiqodiy qarashlar, hamda qishloq tarixiga bevosita aloqador bo’lgan boshqa ma’lumotlar ham keltiriladi.

527
17.11.2024

POSTMODERN JAMIYATINI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA UNDAGI DEFORMATSIYA JARAYONLARI.

Ushbu maqolada postmodern jamiyatning asosiy xususiyatlari, jumladan uning paydo bo'lishi, o'zgarishlarning mohiyati va bu o'zgarishlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatlari tahlil qilinadi. Postmodern jamiyatning quyidagi asosiy belgilariga e'tibor qaratiladi: axborot jamiyati, individualizm, xilma-xillik, parchalanish, voqelikning nisbiyligini qabul qilish, an'anaviy tizim va qurilmalarni rad etish. Bu o‘zgarishlarning zamonaviy jamiyatga ta’siri va ularning kelajak istiqbollari haqida ham fikr-mulohazalar berilgan.

418
17.11.2024

GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLARNI BUZG‘UNCHI AXBOROTLAR TAJOVUZIDAN HIMOYA QILISH

Maqolada globallashuv sharoitida yoshlarni buzg‘unchi axborotlar tajovuzidan himoya qilishning muhim jihatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Har qanday axborot xurujlaridan yoshlarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

413
05.11.2024

ИККИНЧИ ЖAҲOН УРУШИДAН КЕЙИН СУРХOН ВOҲAСИДA ИЛМ-ФAН ВA МAOРИФ СOҲAСИДA AМAЛГA OШИРИЛГAН ИШЛAР

Мaзкур мaқoлaдa Сурхoн вoҳaсидa мустaмлaкa шaрoитидa иккинчи жaҳoн урушидaн кейинги дaврдaги илм-фaн сoҳaсидaги ўзгaришлaр бoрaсидa сўз юритилaди. Илм-фaн вa мaoриф сoҳaсидaги ўзгaришлaр жaрaёнидa кoммунистик мaфкурaни сингдириш жaрaёнлaри тaҳлил қилингaн.

383
02.11.2024

МАШИНА-ТРАКТОР АГРЕГАТЛАРИ ТИТРАШ МАНБАЛАРИНИ ТАДҚИҚИ ВА УЛАРНИ ИДЕНТИФИКАЦИЯЛАШ

Ушбу мақолада машина-трактор агрегатлари титраш манбаларини тадқиқи, уларни магнит қисқич ва виброўлчагич ёрдамида ўлчаш, двигателнинг айланиш частотаси ва трансмиссиясининг шовқин хусусиятлари анализ қилинган.

337
02.11.2024

YANGI O‘ZBEKISTON UCHINCHI RENESSANS YOSHLARINI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYAT SIFATIDA ALLOMALAR MEROSINING O‘RNI

Maqolada Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans yoshlarini tarbiyalashda milliy qadriyat sifatida allomalar merosining o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berildi. Globallashuv sharoitida yoshlar ongida milliy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlamay turib, ta’lim-tarbiya jarayonlarida samarali natijaga erishish qiyin. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlashda avvalo, ularni ma’naviy qiyofasini, axloqiy tarbiyasini mustahkamlash lozimdir. Bu hamisha faoliyatimizning eng muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

373
02.11.2024

YOSHLAR TAFAKKUR TARZI HAMDA YOSHLAR BUNYODKORLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Yoshlar tafakkur tarzi hamda yoshlar bunyodkorlik faoliyatini shakllantirish omillariilmiy jihatdan asoslab berildi. Bugungi kunnda shaxs madaniy saviyasi shakllanishi jarayonining ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari, ijtimoiy-falsafiy jihatlari hamda bu boradagi madaniy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishning xususiyatlarini ochib berish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlat tomondan yaratib berilgan huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy imkoniyatlardan foydalanib, yoshlarimiz ongiga bunyodkorlik g‘oyalarini singdirish bugungi kundagi milliy pedagogikamizning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.

418
02.11.2024

О‘ZBЕKISTОNDА АMАLGА ОSHIRILGАN MА’NАVIY-MАDАNIY ISLОHОTLАR DINАMIKАSI VА АSОSIY YО‘NАLISHLАRI

Ushbu maqolada О‘zbеkistоndа аmаlgа оshirilgаn mа’nаviy-mаdаniy islоhоtlаr dinаmikаsi vа аsоsiy yо‘nаlishlаri tahlili hamda bugungi kundа, mа’nаviy-mаdаniy islоhоtlаrning rivоjlаnish yо‘li tо‘g‘ri yо‘l sifаtidа tаnlаngаnligi о‘zining аmаliy tаsdig‘ini tоpmоqdа. Mа’nаviy-mаdаniy yаngilаnishlаr nаtijаsidа jаmiyаtdа ijtimоiy-siyоsiy vа iqtisоdiy islоhоtlаr bаrqаrоrligini tаminlаsh asosidagi islohotlar. haqida tо‘xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan.

419
02.11.2024

JAN POL SARTR EKZISTENSIAL FALSAFASI - GUMANIZM SIFATIDA

Jahon falsafa tarixida va insoniyatning tafakkur taraqqiyotida o‘z ta’siriga ega bo‘lgan ekzistensializm, ayniqsa, fransuz ekzistensial falsafasi inson erkinligi, mas’uliyat, tanlov ixtiyori, hayot va o‘lim orasidagi mavjudlik, mavjudlikning mohiyatini falsafiy tahlil etishda o‘ziga xos yondashuvi bilan ahamiyatlidir. Bunda Jan Pol Sartrning inson va uning mavjudligi muammosini falsafiy konsepsual ifodalab berishi nafaqat o‘z davrida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy inqirozni bevosita guvohi bo‘lgan jamiyat intelektuallari diqqatini jalb etdi, balki zamonaviy ijtimoiy-siyosiy muammolarni falsafiy anglashda dolzarbdir. Maqolada Jan Pol Sartrning ekzistensial falsafasining insonparvarlik jihatlari haqida mulohaza yuritiladi.

501
02.11.2024