JURNAL HAQIDA

IX-XI asrlarda Jahon madaniyati taraqqiyotining muhim bosqichi bo’lgan “Sharq renessansi” davri mutafakkirlari orasida ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy alohida ahamiyatga egadir. Abu Rayhon Beruniy ensiklopedik olim sifatida falsafa, tarix, axloqshunoslik hamda tabiiy va aniq fanlar doirasida ko’plab tadqiqotlarni olib borgan. Mutafakkirning tadqiqotlari natijalari Jahon ilmfani rivojiga juda katta hissa qo’shgan. Mazkur ilmiy jurnalning Abu Rayhon Beruniy nomini olishi muhim ahamiyatga ega. Jahon ilm-fan va ta’lim sohalarining yutuqlari, muammolari va rivojlanish istiqbollari, xususan, O‘zbekistonda “Uchinchi renessans” davri innovasion ilm-fan va ta’limning rivojlanish modellari, ilm-fan va ta’limning rivojlanish tarixi va o‘ziga xos rivojlanish bosqichlarini tahlil va targ’ib qilish dolzarb ahamiyatga ega.

International scientific journal of Biruni” (“Beruniy xalqaro ilmiy jurnali”) tabiiy va aniq fanlar: matematika, kompyuter va axborot fanlari, fizika, kimyo fanlari, geologiya fanlari va tegishli atrof-muhit fanlari, biologiya fanlari, texnika va texnologiya: qurilish va arxitektura, elektrotexnika, elektron muhandislik, axborot texnologiyalari, mexanika va mashinasozlik, kimyoviy texnologiya, materiallar texnologiyasi, tibbiy texnologiya, energiya va atrof-muhitni boshqarish, atrof-muhit biotexnologiyasi, sanoat biotexnologiyasi, nanotexnologiya, tibbiyot fanlari: asosiy tibbiyot, klinik tibbiyot, sog‘liqni saqlash fanlari va boshqa fan sohalaridagi ilmiy-amaliy innovatsion yangiliklarni har tomonlama yoritishni, mualliflarning sohadagi fanlarda kuzatilayotgan ilmiy yangilik va axborotlarga bo’lgan talab-ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishni, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi.

Jurnal Tabiiy-aniq fanlarga ixtisoslashgan elektron jurnal sahifalarida milliy va xorijiy mualliflarning ilmiy-amaliy, tabiiy-aniq-sohasidagi zamonaviy yutuqlar, innovatsion g‘oyalar va kelgusidagi istiqbollarga oid maqolalari chop etiladi.

Jurnal tabiiy-aniq fanlar sohasida olib borilayotgan dolzarb, yangi, ilm uchun samarador hisoblangan va taqrizdan o’tkazgan ma’lumotlarni ommaga e’lon qilishni eng asosiy vazifalardan hisoblanadi. “International scientific journal of Biruni”  (“Beruniy xalqaro ilmiy jurnali”) aniq-tabiiy fanlarga ixtisoslashgan nashr bo’lib, aniq-tabiiy fanlar sohalaridagi ilmiy-amaliy innovatsion yangiliklarni har tomonlama yoritishni, tadqiqotchilarning sohadagi fanlarda kuzatilayotgan ilmiy yangilik va axborotlarga bo’lgan talab-ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishni, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. O‘zbekistonda “Uchinchi renessans” davri innovasion ilm-fan va ta’limning rivojlanish modellari, ilm-fan va ta’limning rivojlanish asoslarini ilmiy doira va keng jamoatchilikka yetkazadi.